Breaking News

AQSh: BMT Inson huquqlari kengashiga a'zolik O'zbekiston uchun bu sohada o'zgarishlar qilish imkoniyati


Qo'shma Shtatlarning O'zbekistondagi elchixonasiga ko'ra, respublikaning BMT Inson huquqlari kengashiga saylanishi inson huquqlari sohasida davlat o'z zimmasiga olgan majburiyatlarni va va'da qilgan islohotlarni amalga oshirish uchun ayni muddao.

Kengashga a'zolik O'zbekistonga bu borada o'zgarishlar qilishga qanchalik bel bog'laganini mamlakatning o'zida va xalqaro maydonda ko'rsatish uchun imkoniyat. AQSh O'zbekistonga bu borada ko'maklashadi, deyiladi rasmiy tvitda.

Amerika BMT Inson huquqlari kengashini repressiv davlatlar davrasi deya tanqid qilib keladi va shu sabab 2018-yilda undan chiqib ketgan.

13-oktabr kuni kengashga saylovlar natijasi e'lon qilingach, Davlat kotibi Mayk Pompeo bu organni avtoritar tuzumlar to'dasi, deya qoralagan. O'zbekistonning ham unga saylangani haqida Pompeo munosabat bildirmagan.

Pompeo bayon qilishicha, Xitoy, Rossiya, Kuba va Venesuela singari zolim hukumatlar o'tirgan kengashga ishonch yo'q.

AQSh BMT Inson huquqlari deklaratsiyasining har bir so'zini hurmat qiladi, deydi Pompeo. Erkinlik va adolat singari qadriyatlarni Amerika dunyo bo'ylab targ'ib qilishda davom etadi, deydi bosh diplomat.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG