Breaking News

BMT Inson huquqlari qo'mitasi O'zbekistonga oid shikoyatni ko'rib chiqmoqda


Xidirnazar Olloqulov ishi BMTda ko'rilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:53 0:00

BMTning Inson huquqlari qo'mitasi sessiyasida O’zbekistondagi siyosiy ta’qiblar bilan bog’liq masala ko’rib chiqilmoqda. Ayni paytda o’z ishini davom ettirayotgan bu sessiyadagi muhokamaga O’zbekiston fuqarosi Xidirnazar Olloqulov shikoyati asos bo’lgan.

O’zbekiston shu oy BMT Inson huquqlari kengashi a’zoligiga saylandi, yanvar oyidan uch yillik mandat bilan kengash a’zosi sifatida faoliyat boshlaydi.

O’zbekistonning kengash a’zoligiga saylanishi ancha munozarali qabul qilindi.

BMTga shikoyat kiritgan professor Olloqulovga ko’ra, Inson huquqlari kengashiga a’zo davlat inson huquqlari ta’minlanishi borasida namuna bo’lishi kerak, ammo O’zbekistondagi vaziyat bundan ancha yiroqda.

BMT Inson huquqlari qo’mitasi sessiyasida Olloqulovning ishi bo’yicha O’zbekiston hukumatiga qanday tavsiyalar berilishi hozircha noma’lum.

O’zbekistonda muxolifatdagi siyosiy partiya tashkil etish tashabbusi bilan yurgan professor Olloqulovning aytishicha, Inson huquqlari qo’mitasi tavsiyalari sessiya ishi yakunlanishi ortidan ma’lum qilinadi.

U BMT Inson huquqlari kengashi a’zoligiga saylangan O’zbekistonda siyosiy ta’qiblar va tahdidlar to’xtashiga umid qilmoqda.

“Amerika Ovozi” mavzu tafsilotlarini professor Xidirnazar Olloqulovning o’zi bilan muhokama qildi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG