O’zbekistonda Prezident Shavakat Mirziyoyev muallifligida yangi kitob “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” asari nashrdan chiqdi.
Bir necha kun oldin esa jamoatchilikka Prezident Shavkat Mirziyoyevga bag’ishlangan yana bir asar - “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot solnomasi” taqdim etilgan edi.
Har ikki nashr O’zbekistonda Mirziyoyev rahbarligida kechayotgan ulkan o’zgarishlar haqida hikoya qiladi. Solnomalar, mamlakat taraqqiyoti haqida yirik asarlar yozilishi o’zbek siyosiy doirasi, jamoatchilik uchun yangilik emas. Marhum prezident Islom Karimov davrida ham bunday asarlar ko'p chop etilgan.
Ammo, deydi kuzatuvchilar, koronavirus pandemiyasi va u bilan bog'liq iqtisodiy va sog'liqni saqlash tizimiga oid muammolar iqtidordagi hukumatga, jumladan, Prezident Mirziyoyevga nisbatan jamoatchilik ishonchi nuray boshlaganini ko'rsatmoqda.
Bunga nafaqat O’zbekistonda birin-ketin yuz bergan favqulodda hodisalar, pandemiya inqirozi, balki amaldagi hukumatning aholiga bergan va’dalarini tezda unutgani ham sabab qilib ko’rsatilmoqda.
Ba'zi siyosatchilar buning sababini Prezident Mirziyoyev jamoasida bo’linish yuzaga kelganida, prezidentning o’zida sobiq tuzum kadrlaridan voz kechish irodasi yo’qligida ko‘rishmoqda.
Mavzu tafsilotlarini O’zbekistondagi yangi mustaqil siyosiy kuch sifatida taqidim etilayotgan “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi yetakchisi Xidirnazar Olloqulov bilan muhokama qildik.
Muloqotni quyida tomosha qiling.
Facebook Forum