Breaking News

AQSh rohinja qochoqlari uchun 200 million dollar ajratdi


Bangladeshdagi rohinja qochoqlari
Bangladeshdagi rohinja qochoqlari

AQSh Myanmani tark etgan rohinja qochqinlariga qo’shimcha 200 million dollar yordam ajratilishini e’lon qildi. O’tgan hafta o’tkazilgan xalqaro virtual anjumanda shu maqsadda jami 600 million dollar yig’ildi.

Uch yil oldan Myanmaning Rakxayn shtatida yashagan 860 ming musulmon qo’shni Bangladeshga qochib o’tgan edi. Xalqaro hamjamiyat, jumladan, AQSh ularning etnik tozalash qurboni bo’lganini aytadi.

“AQSh 2020-yil uchun rohinja qochqinlariga 200 million dollar qo’shimcha yordam ajratmoqda”, - dedi AQSh Davlat kotibi o’rinbosari Stiven Bigan.

Donorlarning aytishicha, rohinja muammosini Myanma davlati yaratdi va yechimni ham Myanma topishi kerak. Bangladesh Tashqi ishlar vaziri Shahriyor Alamga ko’ra, vaziyat hanuz og’ir.

“Bangladesh mas’uliyatni ortiq bo’yniga olishni istamaydi. Rohinjalar imkon qadar tezroq o’z yurtiga qaytishi kerak”, - dedi u.

BMTning qochoqlar agentligiga ko’ra, Myanmadagi vaziyat rohinjalarning xavfsiz va ixtiyoriy qaytishlari uchun hali tayyor emas.

Qochoqlar vakillari ham konferensiyada o’z xavotirlarini bayon qildi.

“Kelajakda Myanma fuqarosi bo’lishni umid qilaman. Yagona umidim shu. Lekin hozir Malayziyada yashayapmiz”, - dedi qochqinlardan biri.

Muammolardan biri shuki, Myanma hukumati rohinja musulmonlariga fuqarolik bermagan. Hukumat hatto ularning ozchilik rohinja etnik maqomini ham tan olmaydi.

Xalqaro hayot - 2020-yil, 26-oktabr
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:47 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG