Breaking News

Dunyo bo'ylab koronavirus pandemiyasi yana kuchaymoqda


Dunyo bo’ylab bir qator mamlakatlar koronavirusni to’xtatish maqsadida yana aholi va bizneslar faoliyatini cheklash choralariga qo’l urmoqda.

Jahon Sog’liqni saqlash tashkilotining aytishicha, odamlar mas’uliyatni o’z zimmasiga olsa, bunday cheklovlarga hojat yo’q.

“Mamlakatlarni yopib qo’yishni to’xtatishimiz mumkin. Har bir odam o’z hissasini qo’shsa, ommaviy cheklovlarga hojat bo’lmaydi. Gavjum joylarga bormaslik, yopiq joylarda uzoq muddat bo’lmaslik, ba’zi shunday yig’ilishlarni keyinga qoldirish kabi qarorlar orqali o’zimizni himoya qilishimiz mumkin”, - deydi tashkilot mutaxassisi Mariya Kerkxove.

O’tgan hafta qayd etilgan yangi virus yuqtirish holatlarining 46 foizi Yevropada yuz bergan.

“Hozir yevropa bu kasallikning markazi ekaniga shubha yo’q. Odamlar juda erkin harakat qilyapti, shu bois pandemiyaning yanada kuchayishiga yo’l qo’ymaslik uchun uyda o’tirish va odamlar harakatini cheklash qarorlarini berishga to’g’ri kelyapti”, - deydi yana bir mutaxassis Maykl Rayn.

Ammo cheklovlardan norozilar ham ko’p.

Ispaniyada kech soat 11 dan ertalab 5 gacha komendantlik soati joriy etildi.

“Bu cheklovlar kerak, qandaydir qattiqroq choraga ehtiyoj bor edi”, - deydi Sesiliya ismli ayol.

“Bu cheklov ancha keskin, chunki u iqtisodiy inqirozni kuchaytirib, ko’plab odamlarni mas’uliyatli bo’lishga emas, noqonuniy ishlarni qilishga olib borishi mumkin”, - dydi Aleksia ismli talaba.

Ispaniya Yevropaning virusga eng ko’p chalingan davlatlaridan biri. Bemorlar soni bir milliondan oshgan.

“Haqiqat shuki, virus tez yuqadi va tez ko’payadi. Agar zarur choralarni to’g’ri amalga oshirmasak, kelasi haftalarda virus yuqishi yanada ko’payadi”, - deydi ispaniyalik infeksionist Fernando Simon.

Bu orada Italiyada restoran va qahvaxonalarni kechki soat oltidan yopishni buyuruvchi qarorga qarshi nozorilik namoyishlari bo’lib o’tdi. Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko’zdan yoz oqizuvchi gaz qo’lladi.

Italiyada virus yuqtirganlar soni 500 mingdan oshgan.

Xalqaro hayot - 2020-yil, 29-oktabr
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:17 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG