Breaking News

AQSh aviakompaniyalari hukumatdan yana yordam kutmoqda


Aviatsiya sohasi tanazzulda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00

Koronavirus pandemiyasi AQSh aviakompaniyalariga jiddiy ziyon keltirishda davom etmoqda. Hukumatning navbatdagi yordam paketidan darak yo’q.

Pandemiya boshlanganidan buyon aviakompaniyalar tanazzulda. Ushbu soha avvalgi inqirozlarda bu darajada ziyon ko’rmagan, deydi Makgill universiteti professori Karl Mur.

“Mart va aprel oylarida parvozlar 2019-yil bilan solishtirganda 90 foizga kamaydi. Bu ulkan qiyinchliklar davri. Aviasanoat minglab odamlarni ish bilan ta’minlaydi. Sayohat sektori va mehmonxonalarni qo’shib hisoblaganda millionlab amerikaliklar bu sohada ishlaydi”, - deydi Mur.

Havo transporti harakat guruhi nomli tashkilotga ko’ra, dunyo bo’ylab bu sohadagi qariyb 5 million odam ishidan ayrilishi mumkin.

Yil boshida AQSh aviakompaniyalari xodimlarni bo’shatmaslik sharti bilan hukumatdan milliardlab dollar yordam olgan. Hozirga kelib vaziyat yaxshilanishi kutilgan edi. Yaxshilanmadi.

“Amerikaning o’zida parvozlar birmuncha ko’paygan, ammo xorijga sayohat qilayotganlar juda kam. Ichki aviaqatnov ham o’tgan yil darajasiga hatto yaqin ham emas. Inqiroz davom etyapti. Kasallar soniga qaraydigan bo’lsak, pandemiyaning ikkinchi to’lqini boshlanganga o’xshaydi. Muammo vaqtinchalik emas, aksincha, yana bir necha oy yoki ikki yilcha davom etishi mumkin”, - deydi suhbatdosh.

Kongress va Oq uy o’rtasida yangi yordam paketi bo’yicha muzokara davom etayapti. Hozircha kelishuvdan darak yo’q.

Natijada aviakompaniyalar ish o’rinlarini qisqartirib, erta nafaqa taklif etib, xarajatni kamaytirishga harakat qilmoqda.

Ba’zi ekspertlarning qayd etishicha, pandemiyani bashorat qilish imkonsiz bo’lsa-da, o’nlab yillar davomida yaxshigina daromad qilgan aviakompaniyalar puxta qarorlar qabul qilishi mumkin edi.

“COVIDdan oldingi yillarda ushbu sanoat aksiyadorlarga juda katta miqdorda dividendlar to’lagan. Shuningdek, bu kompaniyalar o’z aksiyalarini qayta xarid qilish uchun ulkan mablag’ sarflagan. Shuning uchun zaxiraga olib qo’ygan pullari juda oz”, - deydi Boston universiteti professori Isroil Shaked.

Unga ko’ra, xususan o’tgan yili aviakompaniyalar uzoqni o’ylamasdan ish tutgan.

“Olti aviakompaniya – “American”, “United”, “Southwest”, “Alaska”, “JetBlue” va “Delta”ning 2019-yildagi faoliyatiga nazar tashlasangiz ko’p narsani bilib olasiz. Ular 1,7 milliard dollar dividend to’lagan, 7,4 milliard dollarni aksiyalarini qayta sotib olishga sarflagan. Ikkisini qo’shsangiz, bir yilda 9 milliard dollar pul kompaniyalardan chiqib ketgan”.

Yo’lovchi kamaygani bois parvozlar soni ham keskin qisqargan. Yuqoridagi kompaniyalar uchinchi chorakda 11 milliard dollardan oshiq zarar ko’rgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG