Breaking News

Keyingi sayohatda sizni nimalar kutmoqda?


Xalqaro sayohatlar oson bo'lmaydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:32 0:00

Yaqingacha chet elga sayohat qilish oson edi. Mamlakatlar astalik bilan karantin cheklovlarini bekor qilar ekan, mutaxassislarning aytishicha, sayyohlik sohasi avvalgi holatiga qaytishi uchun ancha vaqt kerak.

Koronavirus pandemiyasi hamma narsani o’zgartirdi, xususan sayohat qilishni. Mamlakatlar qayta ochilishni boshlar ekan, yangi muhitga o’rganish oson kechmaydi.

“Odamlar sayohat qilishni xohlaydi. Ular boradigan manzillarini, qayerda nima qachon ochilayotganini diqqat bilan kuzatmoqda. Lekin boshida xalqaro sayohatlar oson bo’lmaydi”, - deydi Nyu-Xeyven Universiteti professori Jen Jouns.

2017-yilgi ma’lumotlarga qaraganda, amerikaliklar eng ko’p boradigan 10 mamlakat Meksika, Kanada, Britaniya, Dominikan Respublikasi, Fransiya, Italiya, Germaniya, Ispaniya, Yamayka va Xitoydir.

Hozir aksariyatida cheklovlar mavjud. Sayyohlar kiritilmaydi yoki kirgan zahoti karantinga olinadi.

“Masalan, Britaniyada ikki haftalik karantin talab qilinadi. Bu mamlakatga uchib kelsangiz, afsuski 14 kun karantinda o’tirasiz. Bizning nazarimizda, hozirda ushbu talab mantiqsiz. Balki pandemiya boshida foydali bo’lgandir. Boshqa mamlakatlar tajribasiga tayanadigan bo’lsak, mehmonlarni yaxshisi testdan o’tkazgan ma’qul”, - deydi Jahon Turizm va Sayohatlar Kengashi rahbari Gloriya Guevara.

Bundan tashqari, AQSh Davlat departamenti hanuz amerikaliklarga sayohat qilmaslikni tavsiya etmoqda. Bu ham bizga zarar, deydi “Fana” turistik firmasi rahbari Kibret Voldearagay.

“Biznesimiz 98 yoki 99 foizga qisqardi. So’nggi uch oydan beri shu ahvol. Hech kim qo’ng’iroq qilmaydi. Qilganlari ham ilgari sotib olgan chipta pulini qaytarishni so’raydi”, - deydi suhbatdosh.

Ba’zi odamlar qo’rquvda. Ular bir kun kelib sayohat qilsa ham, bu mutlaqo boshqacha tajriba bo’ladi, deydi Xalqaro havo transporti uyushmasi vakili Piter Serda.

“Yo’lovchilarga turli qulayliklarni taklif etuvchi, har kuni minglab reyslar xavfsiz va samarali ravishda amalga oshishiga o’rganib qolganmiz. Afsuski, endi hammasi o’zgaradi”, - deydi Serda.

Tatbiq etilayotgan ayrim yangi qoidalar: yo’lovchilarning haroratini o’lchash, masofa saqlash, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kiosklaridan foydalanish va niqob taqishdir. Samolyot bortida yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish tartibi ham o’zgaradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG