Breaking News

O'zbekistonda "Adabiyot" gazetasining soxta sonlari nega paydo bo'ldi?


"Adabiyot" gazetasining ikkinchi soxta soni chiqdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:51 0:00

O’zbekiston matbuotida OAV tarixida kam uchraydigan g’alati voqelik kuzatilmoqda. Mamlakatda gazetalarning soxta soni hech bir xavotirsiz chop qilinmoqda va u hatto asl gazetaning o’zi kirib bormagan uzoq qishloqlarga yetkazilmoqda, deydi o'zbekistonlik faollar.

Gap “Adabiyot” gazetasi haqida; bu gazetaning soxta soni ikkinchi bor chop etilgani aytilmoqda. Buning sababi mamlakatda adabiyotga nisbatan qiziqish o’ta kuchaygani bilan emas, balki siyosat bilan bog'liq, deydi bu gazetaning bosh muharriri Baxtiyor Karim.

“Adabiyot” gazetasi yangi partiya tuzish tashabbusini qo'llagandan beri muammolar girdobida qoldi.

Avvaliga uning bosh muharriri Baxtiyor Karim pandemiya davrida 40 kundan oshiq karantinda saqlandi. Karantindan chiqishi ortidan gazetaning navbatdagi sonlarini chop etishga bo’lgan urinishlari samara bermadi.

Bosmaxonalar mustaqilligi bilan tanilgan “Adabiyot”ni bosishga jur’at topolmay turgan bir paytda nom’alum bir guruh gazetani nafaqat nashrdan chiqargan, balki jamoatchilikka tarqatib ham ulgurgan.

Gazetaning soxta soni nashr etilganidan xavotirga tushgan bosh muharrir matbuot agentligiga, huquq-tartibot idoralariga ariza bilan murojaat qildi.

Baxtiyor Karim qalbaki sonni chop etgan noma’lum guruhni topish talabi bilan huquq-tartibot idoralariga iyul oyida kiritgan arizasiga hamon aniq javob olmagan. Ammo oradan uch oy otib, gazetaning navbatdagi soxta soni yana chop etilgan.

30-oktabrda nashr qilingan navbatdagi sonda ham asosiy nishon mamlakatda tashkil etilayotgan yangi partiya “Haqiqat va taraqqiyot”ga, bu partiya lideri Xidirnazar Olloqulovga qaratilgan.

Nashr bosh muharriri Baxtiyor Karimning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, u navbatdagi soxta son yuzasidan yana shikoyat kiritish niyatida emas.

U bu ishning foydasizligiga amin bo’lganini, hukumat mamlakatda yangi siyosiy partiya tashkil etilishidan jiddiy xavotirga tushganini va gazetaning uchinchi soxta soni chop etilishi ehtimoli ham borligini aytadi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG