Breaking News

Bayden ma'muriyatini nimalar kutmoqda?


Bayden ma'muriyati oldida turgan vazifalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:38 0:00

Prezidentlik saylovida g’olib chiqqan Jo Bayden oldida qiyin vazifalar turibdi. U nafaqat pandemiya va iqtisodiy muammolar, balki xalqni birlashtirish masalasi bilan ham yuzlashmoqda.

Jo Bayden saylovda sog’liqni saqlash tizimini yaxshilash, nochor oilalarga yordam berish hamda millionlab yangi ish o’rinlarini yaratuvchi toza energiya sanoatini rivojlantirish va’dalari bilan qatnashdi.

Ammo u, avvalo, Amerikada 237 mingdan ortiq inson hayotiga zomin bo’lgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashadi.

“Pandemiyaga qarshi barcha choralarni ko’ramiz”, - dedi u.

Bayden saylovda g’olib chiqishi bilan shu maqsadda guruh tuzdi. Kasallikka qarshi tekshirishni kuchaytirish, tibbiyot xodimlarini kerakli jihozlar bilan ta’minlash hamda vaksina tayyorlash va tarqatishga asosiy e’tibor qaratiladi.

Lekin keskin siyosiy qutblashgan muhitda bu ishlarni amalga oshirish oson emas.

“Bo’linish chuqur. Vaqt o’tishi bilan ginalarni esdan chiqaramiz, degan umiddaman. Bu tez va oson bo’lmaydi”, - deydi Delaver universiteti professori Deyvid Redlausk.

Bayden Senatda respublikachilar qarshiligiga duch kelishi mumkin. Yanvarga qoldirilgan Jorjiya shtati saylovida bitta o’rinni qo’lga kiritsa, Senatdagi ustunlik yana respublikachilar qo’lida qoladi.

“Makkonel liberal ovozlarni o’chirish uchun barcha ishni qiladi”, - deydi Texas universiteti professori Shannon Obrayn.

Ayni paytda uzoq yillar senator va vitse-prezident bo’lib ishlagan Bayden murosa yo’lini topishi mumkin, deydi kuzatuvchilar.

“O’z tajribasiga tayanib u biz oxirgi to’rt yilda ko’rmagan hamkorlikka erishsa, ajab emas”, - deydi Vanderbilt universiteti professori Jef Bennet.

Bayden har ikki partiya vakillarini umumiy manfaat yo’lida hamkorlik qilishga chaqiradi.

“Raqiblarimizni dushman sifatida ko’rishni to’xtatishimiz kerak. Biz dushman emas, amerikaliklarmiz”, - deydi u.

Bayden o’z partiyasidagi progressiv kuchlar qarshiligiga ham uchrashi mumkin. Ular bepul tibbiy sug’urta hamda iqlim isishiga qarshi keskin choralar ko’rish tarafdori.

Nyu-yorklik demokrat qonunchi Aleksandria Okasio-Kortesning xavotir bildirishicha, prezident respublikachilar bilan til topishish uchun ilg’or qarashlardan voz kechishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG