Breaking News

Navalniy Moskva aeroportida hibsga olindi


Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy Moskvaning Sheremetova aeroportida, 2021-yil, 17-yanvar
Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy Moskvaning Sheremetova aeroportida, 2021-yil, 17-yanvar

Rossiya qamoqxona xizmatining ma’lum qilishicha, muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy yakshanba kuni Germaniyadan qaytishi bilan Moskva aeroportida hibsga olingan.

Navalniy shartli qamoq jazosi talablarini bir necha bor buzganlikda ayblanmoqda va sud qarori chiqquncha hibsda saqlanadi.

Navalniy va uning rafiqasi Berlindan uchgan samolyot Vnukovo aeroportiga qo’nishi kerak edi, ammo u Sheremetova aeroportiga yo’naltirilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Aleksey Navalniy zaharlangani haqida hech qanday dalil mavjud emas.

“Navalniy meni Rossiya federatsiyasi va shaxsan Vladimir Putin zaharladi, deb aytyapti. G’arb bunga hech qanday e’tirozsiz ishonmoqda. Lekin bizda Navalniy Germaniya tergovchilariga bergan ko’rsatmalardan boshqa faktlar yo’q”, - deydi u.

Navalniy o’tgan yil oxirida Rossiyada zaharlanishi ortidan davolanish uchun Rossiyaga olib ketilgan edi. Jazoni ijro etish xizmati da’vosiga ko’ra, uning mamlakatni tark etishi 2014-yilda unga nisbatan e’lon qilingan shartli qamoq jazosi talablarini buzadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG