Breaking News

Do’stum Tolibonga qarshi jangga qaytishi mumkinligini bildirdi


Afg'oniston bo'yicha Istanbul sammiti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:56 0:00

Afg’oniston hukumati Istanbul sammitiga tayyorgarlik ko’rmoqda. Milliy birdamlik oliy kengashi siyosiy harakatlar tomonidan bildirilgan takliflarni birlashtirib, xalqaro hamjamiyat oldida e’lon qilmoqchi.

Ayni holda Prezident Ashraf G’ani ham o’z rejasini olg’a surmoqda.

“Urush holatidan adolatli va doimiy tinchlikka o’tish uchun bo’lgan rejamiz juda aniqdir”, - deydi prezident.

Ashraf G’ani uch bosqichdan iborat sulh rejasida muddatidan oldin prezident saylovini o’tkazishga rozi ekanini aytadi.

“Saylov qonuniylik me’yoridir. Siyosiy qudratni saylangan shaxsga topshirishga ahd qilganman”.

G’ani kelasi prezidentlik saylovida nomzod bo’lmasligini ta’kidlamoqda.

“Sulh biz, toliblar va xalqaro hamjamiyat o’rtasidagi bahslashuvdir. Davomli bahs orqali natijaga erishilmaguncha shoshilmaslik kerak”, - deydi G’ani.

Hozirgi kunda Turkiyada istiqomat qilayotgan Marshal Abdul Rashid Do’stum Istanbul uchrashuvlaridan umidi katta ekanini aytadi. Do’stumga yaqin “Oyna TV”da bu haqda xabar qilinmoqda.

“Hammaning ko’z-qulog’i televideniyeda, ular Turkiya sammiti natija berishini kutmoqda. Agar bu safargi uchrashuvlar ham boshqa davlatlardagi kabi natija bermasa, odamlar umidini butkul uzadi”, - deydi Do’stum.

Abdul Rashid Do’stum Turkiyadagi afg’onlar bilan muloqotda afg’onistonlik turkiy xalqlar ishtirokisiz harakat natijasiz bo’lishiga urg’u beradi. U Istanbul uchrashuvlari natija bermagan holda Tolibonga qarshi jangga qaytishi haqida ogohlantiradi.

“Vatan va millatimiz oldida mas’uliyatimiz bor. Jangarilarga qarshi turishga majburmiz”, - deydi marshal.

Tolibon guruhi har yili bahor mavsumida harbiy harakatlarni kuchaytiradi. Sulh muzokaralari davom etayotganiga qaramay bu bahor ham afg’on harbiylariga qarshi jangovar harakatlar oshgan.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG