Breaking News

Nyu-yorklik o'quvchilar onlayn ta'lim olishga qiynalayotganlarga yordam bermoqda


O'quvchilarga yordam berayotgan onlayn portal
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00

2020-yil pandemiya tufayli Nyu-York maktablari yopilgach, Stayvesant maktabi yuqori sinf o’quvchilari yoshlarga ta’lim olishda ko’mak beruvchi onlayn portalga asos soldi.

Pandemiya tufayli Nyu-York maktablari onlayn tartibga o’tgach, Stayvesant maktabi yuqori sinf o’quvchisi Kristian Nvenyi ukalari o’qishga qiynalayotganiga guvoh bo’ldi.

“10 va 12 yoshli ukalarim bor. Ular maktabda yuzma-yuz o’qishdan to’liq onlayn ta’limga o’tishda qiynalishdi”, - deydi u.

Bruklinning Kristian yashaydigan mahallasida ko’plab oilalar xususiy o’qituvchi yollash u yoqda tursin, hatto iPad yoki internet sotib olishga ham qurbi yetmaydi.

Kristian va uning sinfdoshlari shunday yoshlar uchun yechim topishga qaror qildi.

“Jamiyatga yordamimiz tegsin, deymiz. Manxettendagi maxsus maktabda o’qiymiz, bizda ko’plab imkoniyatlar bor. Endi mana shu ta’lim imkoniyatini bunday sharoitga ega bo’lmagan boshqa o’quvchilarga ham berishni xohlaymiz”, - deydi Stayvesant maktabi yuqori sinf o’quvchisi Iyn Lau.

“Educove” loyihasi shu tarzda paydo bo’ldi. Bu dastur o’qishda qiynalayotgan yoshlarga bepul o’qituvchi va mentor topishda ko’maklashadi.

“Tashkilotchilar juda aqlli. Farzandingizning qiziqishini aniqlash uchun so’rov o’tkazib, so’ng shunga mos o’qituvchi topib berishadi. O’g’lim matematika shaydosi bo’lish bilan birga, super qahramonlar va komiks kitoblarga qiziqadi. Shu bois ularning bir-biriga moslashishi oson bo’ldi”, - deydi loyihada qatnashgan ona Megan Demarkis.

Dasturda nafaqat yoshlar, balki mavjud muammoga yechim izlayotgan ota-onalar ham faol qatnashmoqda.

“Muammolarimizni hal qilish uchun faqat siyosatchilar yoki davlat idoralariga bog’lanib qolmasligimiz kerak. Yashab qolish va muvaffaqiyat qozonish uchun ma’lum darajada mustaqillikka va o’zaro yordam berish imkoniyatiga ega bo’lishimiz kerak. Bu ta’lim dasturi mana shu ehtiyojdan tug’ildi va u davom etadi, deb umid qilaman”, - deydi Demarkis.

Uning umidlari o’zini oqladi. “Educove” loyihasi ortidan pandemiya paytida yana ko’plab shunday dasturlar paydo bo’ldi.

“Munosabat va e’tibor ajoyib. Bolalarning o’zlashtirish darajasi juda yaxshi. Ularning boshlagan paytiga qaraganda hozir ancha olg’a siljiganini ko’rib qilgan ishlarimizdan faxrlandim”, - deydi Kristian.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG