Breaking News

Ruslanbek Davletov: Oshkoralikdan boshqa yo'l yo'q


Ruslanbek Davletov: Oshkoralikdan boshqa yo'l yo'q
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:19 0:00

Toshkentda yuridik forumda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov parlament faoliyatidan boshlab qishloq xo'jaligini isloh qilishgacha, respublika muammolar ummoni bilan yuzlashayotganini qayd etdi. Vazirga ko'ra, adliya va huquq borasida o'zgarishlar qilish qiyin kechmoqda, lekin harakatlar tinmagan.

O'zbekiston poytaxtida #TashkentLawSpring II xalqaro yuridik forumi o'tmoqda. BMT, Yevropada Xavfsizlk va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xorijiy sheriklar, jumladan adliya va huquq sohasida ishlaydigan muassasalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Yuzlab mutaxassisar qatnashmoqda, jumladan Qo'shma Shtatlardan ham. O'tgan yili bu tadbir pandemiya bois bekor qilingan edi. Forum ilk bor 2019-yilning aprelida kechgan.
Yig'inda O'zbekiston uchun nihoyatda dolzarb masalalar muhokamada: inson huquqlari, oshkoralik va shaffoflik, sud mustaqilligi, mulkka egalik huquqi, intellektual mulkka egalik huquqi, yuridik tizimni va qonunchilikni raqamli texnologiyaga o'tkazish, siyosiy qarorlarni amalga oshirish, mediatsiya va arbitraj va boshqa mavzular.
So'zlovchilar, jumladan Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, parlament faoliyatidan boshlab qishloq xo'jaligini isloh qilishgacha, respublika muammolar ummoni bilan yuzlashayotganii qayd etdi. Vazirga ko'ra, adliya va huquq borasida o'zgarishlar qilish qiyin kechmoqda, lekin harakatlar tinmagan. Siz bu yo'nalishlarda O'zbekistondagi ahvolni qanday baholaysiz? Bunday forumlar siz uchun qanchalik qiziq?

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG