Breaking News

COVID-19 va arxitektura: qanday bog’liqlik bor?


Tim Putnam Indiana shtatida 25 o’rinlik kichik kasalxonasiga ega. “Pandemiya avjga chiqqan paytda 40 kishini sig’dirdik”, - deydi shifokor.

Boshida kasalxonalar bunday favqulodda vaziyatga tayyor emasligi uchun qiyin bo’ldi. Tibbiy niqob, qo’lqop kabi oddiy sanitariya-gigiyena vositalari ham yetishmay qoldi. Jamoatchilik tibbiy xodimlar uchun niqob tikib, yordam qildi. Yuk mashinasiga ega fuqarolar kasalxonaga sig’magan bemorlar uchun mashinasidan mobil klinika sifatida foydalanish uchun berib turdi.

Kasalxonaning o’zida xonalar faqat bir kishiga mo’ljallab qurilgan va jihozlangan. Xonalarni qayta jihozlash, ko’proq kishiga moslab, hatto qayta ta’mirlashga to’g’ri keldi. Xonalarda yetarlicha elektr rozetkalari yo’q.

Ventilyatsiya tizimi ham ko’p kishiga mo’ljallanmagan. Bu esa palatalarni qayta ta’mirlash degani edi. Putnamga ko’ra, terapiya xonalari, hatto qabulxona va kutish zalini ham kasallar uchun yotish xonasiga aylantirishga to’g’ri keldi. Lekin kasalxona qurilganida bunday favqulodda vaziyat hisobga olinmagani uchun yetarli sharoit yo’q edi.

“Daromadimizning 83 foizi ambulatoriya xizmatidan keladi. Xonalarga katta muhtojligimiz yo’q edi”, - deydi shifokor.

Putnam endi epidemiya, tabiiy ofat, ommaviy otishma kabi favqulodda vaziyatlarga tayyor turish uchun, ko’proq bemor sig’dirish uchun mutaxassisga - arxitektorga murojaat qilishga qaror qildi. Xonalar dizaynini qayta o’ylab ko’rish zarurati borligini angladi.

Jim Albert arxitektor. Ixtisosligi – kasalxonalar qurilishi va dizayni. Uning aytishicha, pandemiya arxitektor va dizaynerlarga kasalxonalar qurilishida ana shunday favqulodda vaziyatlarni hisoga olib, ish tutushi kerakligini o’rgatdi.

“Ko’p bemor uchun mo’ljallab qurilmagan. Agar boshidanoq shuni hisobga olib qurilsa, balki qaytanga kamroq xarajat bo’lardi. Bir kishilik palatani ko’proq bemorga moslab qayta ta’mirlagandan ko’ra, arzonroq tushadi”, - deydi u.

Mutaxassislar kelajakda kasalxonalar arxitekturasini o’zgartirish haqida o’ylamoqda. Balki endi kutish zallari kichikroq qurilar. Sababi kasalxonaga avtomobilda kelgan bemor va ularning oilalari navbatini qabulxona yoki kutish zalida emas, balki mashinasida ham kutsa boladi.

Ko’p bemor uchun mo’ljallab qurilmagan. Agar boshidanoq shuni hisobga olib qurilsa, balki qaytanga kamroq xarajat bo’lardi. Bir kishilik palatani ko’proq bemorga moslab qayta ta’mirlagandan ko’ra, arzonroq tushadi

Tibbiyot xodimlari, kasalxona ishchilari uchun katta bir xona emas, balki kichik-kichik xonalar bo’lgani ma’quldir. Qabulxona xodimlari ham qo’ng’iroqlarga javob berish, bemorlarni navbatga yozish va boshqa shunga o’xshash xizmatlar uchun kasalxonada bo’lishi shart emas. Uydan turib ishlash tizimi ishga solinar.

Putnamning atishicha, kasalxonasi kelajakda virtual tibbiy konsultatsiya xizmatini davom ettirmoqchi. Kasalxonaga borishi juda zarur bo’lmagan bemorlar “teletibbiyot” xizmatidan foydalanadi.

AQShda kasalxonalarning aksariyatida derazalar ochilmaydi. Xona havosini almashtirish uchun maxsus ventilatsiya tizimi bor. Albertning arxitektorlik firmasi esa havo almashishining yangi usullari haqida bosh qotirmoqda.

Ana shunday chora-tadbirlar orqali infeksiyalar tarqalishining oldini olsa bo’ladi.

Putnam va Albertning fikricha, pandemiya ana shunday vaziyatlarga tayyor turishni o’rgatdi. Kerak bo’lsa, arxitektura sohasiga ham o’zgartirishlar kiritish kerakligini ko’rsatdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG