Breaking News

Deputatlar: Nima uchun bizni prezident bilan uchrashuvga qo’yishmadi?


Mirziyoyev bilan uchrashuvga kiritilmagan deputatlar nimadan norozi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:15 0:00

Surxondaryoga safar qilgan Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy kengashlar deputatlarini sukutda ayblashda bir qadar shoshgan ko’rinadi.

Prezident safari yakunlanishi ortidan bir guruh deputatlar Mirziyoyev bilan o’tgan uchrashuvga kiritilmaganliklari yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda bayonot bilan chiqishdi.

Mahalliy kengash, jamoatchilik vakillari bilan o’tgan uchrashuvga Oltinsoy tuman mahalliy kengash qoshidagi korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasi rahbari yetakchiligidagi bir guruh deputatlar kiritilmagan.

Deputatlar so’nggi pallada ro’yxatdan chiqarilgan. Ular bunda tumandagi muammolar ochiqlanishini istamagan mahalliy hokimni aybdor deb bilishadi.

Deputatlarning prezident bilan uchrashuvda muhokamaga chiqarishni rejalagan muammolari korrupsiya, qishloq xo‘jaligi, safar davomida prezident tomonidan ko’zdan kechirilgan klaster tizimi bilan bog’liq ekanligini anglash mumkin.

Prezident Mirziyoyevning Surxondaryoga safari davomida dalada kombaynga o’tirib g’alla o’rayotganiga doir tasvirlar matbuotda, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Angor tumanida tasvirga olingan bu lavhalar prezidentning qishloq xo’jaligi sohasidagi islohotlari, xususan, klaster tizimi muvaffaqiyatlari ramzi o’laroq ko‘rinadi deyish mumkin.

Ammo prezident bilan uchrashuvga kiritilmagan mahalliy deputatlar e’tirozi tinglansa, qishloq xo’jaligi, ishsizlik muammosi shu klasterlarga ham borib taqalmoqda.

Jamoatchilik vakillari bilan o’tgan uchrashuvga Oltinsoy tuman mahalliy kengash qoshidagi korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasi rahbari yetakchiligidagi bir guruh deputatlar kiritilmagan
Jamoatchilik vakillari bilan o’tgan uchrashuvga Oltinsoy tuman mahalliy kengash qoshidagi korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasi rahbari yetakchiligidagi bir guruh deputatlar kiritilmagan

Mirziyoyevning viloyatlarga safari, xususan, uning mahalliy kengashlar, jamoatchilik, aholi bilan uchrashuvi tanlov ostida o’tkazilayotganiga doir tanqidlar anchadan buyon mavjud.

Bu uchrashuvlarga kim kiritilishi, kim kirtilmasligini mahalliy hokimiyat hal qiladimi yoki boshqa idoralarmi? Bunisi noma’lum.

Ammo shunisi aniqki, Mirziyoyev viloyat kengashidagi uchrashuvda mahalliy deputatlarni sukut saqlashda, muammolar yechimi uchun kurashmaslikda ayblar ekan, uning e’tirozlariga javob beradigan birorta mahalliy deputat ko’zga tashlanmadi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG