Breaking News

Toshkent afg'on chegarasida mudofaani kuchaytirmoqda


O’zbekiston harbiy havo kuchlari qudratini namoyish etmoqda.

Bu qudrat namoyishi Toliblar O’zbekiston bilan chegara hududlarni o’z nazoratiga olayotgan, afg’on harbiylari O’zbekistonga qochib o’tishda davom etayotgan bir manzarada kuzatilmoqda.

O’zbekistonning keskin ogohlantirilishiga qaramasdan, Toliblar bilan urushayotgan afg’on harbiylari yana O’zbekiston tomon chekinmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi afg’on harbiylari chegarani noqonuniy kesib o’tayotganiga, mamlakat keskin choralar ko’rishiga doir navbatdagi bayonotini tarqatdi.

Bu safar ham 50 nafarga yaqin afg’on harbiylari chegarani noqonuniy kesib o’tgani, ular tegishli surishtiruv ortidan o’z vataniga qaytarilgani haqida gap boradi.

28-iyun kuni tarqatilgan bayonotga ko’ra, 27-iyun kuni 44 nafar, 26-iyun kuni to’rt nafar afg’on harbiysining Sho’rtepa tumani hududidan O’zbekistonga noqonuniy kirgani kuzatilgan.

O’zbekiston harbiy havo kuchlari qudratini namoyish etmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:27 0:00

Afg’onistonda kurashayotgan tomonlar tinch aholidan qurbonlar bo’lmasligining oldini olishga, kuch ishlatishdan tiyilishga chaqirilgan bu bayonotda O’zbekiston yana bir bor Afg’onistonda keskinlik kuchayib borayotganidan xavotirda ekanligini bildiradi.

Afg’onistondagi bu keskinlik manzarasida O’zbekiston qurolli kuchlarining jangovar shayligini ham namoyish etmoqda.

Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov shaxsan Harbiy havo kuchlari holatini tekshiruvdan o’tkazgan.

Vazirlik tomonidan tarqatilgan videolavhalarda qiruvchi harbiy samolyotda parvoz qilib, jangovar mashg’ulotlarni kuzatayotgan general-leytenant Bahodir Qurbonovni ko’rish mumkin.

Avvalroq Mudofaa vazirligi Afg’oniston bilan chegara yaqinida harbiy qo’shinlar ishtirokidagi keng ko’lamli mashg’ulotlar o’tkazgan edi.

O’zbekiston tomoni Afg’onistondagi vaziyatdan keskin xavotirda, ammo mamlakat ichki ishiga aralashmasligini bildirib keladi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG