Breaking News

Yevropa Ittifoqi Osiyo tomon yangi infrastruktura loyihasini ma'qulladi


Josep Borrell, Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo'yicha bosh rasmiysi
Josep Borrell, Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo'yicha bosh rasmiysi

Bu hafta Yevropa Ittifoqi yirik va xalqaro infrastruktura loyihasini ma'qulladi. Maqsad - bu yangi tizim orqali dunyoning shu paytgacha unga ochilmagan bozorlari bilan bog'lanish.

Bu proyekt Xitoy tanishtirgan tashabbuslar va boshlagan ishlar bilan bellasha oladigan darajada salmoqli, deydi rasmiylar. Pekin o'z loyihalari va sarmoyasi orqali siyosiy kuchga to'lar ekan, G'arb tegishli javob berishi kerak, degan fikr keng.

"Xitoy borasida quruq nolish yaramaydi. Muqobil imkoniyatlar ochishimiz kerak", - deydi Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xeyko Maas.

Yevropa Hindiston va Yaponiya bilan yaqindan ishlamoqda. Har ikki davlat Xitoyning siyosiy ta'siri oshib borayotganidan shikoyat qilib keladi.

Ittifoqning rivojlanayotgan mamlakatlari Xitoydan milliardlab dollar qarz qolib, Pekinga tobe bo'lib qolmoqda, deydi Yevropa diplomatlari. Ularga ko'ra, Montenegro kabi imkoniyati chejklangan davlatlar bu qarzlardan aslo chiqa olmasligi mumkin.

Xitoy-Pokiston orasidagi tog'larda. Yevropa Ittifoqi Osiyoga shu hududlar orqali yangi yo'llar ochmoqchi.
Xitoy-Pokiston orasidagi tog'larda. Yevropa Ittifoqi Osiyoga shu hududlar orqali yangi yo'llar ochmoqchi.

Katta Yettilik ham o'xshash loyihalar bilan chiqishga qaror qilgan. Dunyoning eng boy yetti davlati G'arb banklaridan qarz olish va xususiy sektorni faol jalb qilish niyatida.

AQSh Xitoyni azaldan iqtisodiy va moliyaviy ayyorlikda, majburiy mehnatda, xalqaro savdo bitimlarini buzganlikda ayblab keladi.

Bayden ma'muriyati demokratiya, erkinlik va adolatga asoslangan bizneslarni quvvatlashga, tijoratda aynan shu qadriyatlarni targ'ib qilishga, Xitoyga nisbatan birgalikda chora ko'rishga undamoqda.

G'arb allaqachon Pekinga qarshi qator sanksiyalar qo'ygan. Xitoy hukumati ulardan sezilarli zarar ko'rmasligini va cheklovlar ortidagi shartlarga bosh egmasligini eslatib turadi. .

Biroq Yevropa Ittifoqi Xitoy bilan aloqa va hamkorlik to'xtatmoqchi emas. Germaniya va Fransiya bilan yangi sarmoya kelishuvlariga erishish maqsadida.

Lyuksemburg Tashqi ishlar vaziri Jan Asselborn fikricha ham Xitoyga dushman sifatida qarash kerak emas.

Londondan tahlilchi Gregor Stek deydiki, muvozanatsiz ish bitmaydi. Yevropa Ittifoqi va Xitoy o'zaro manfaatlarga asoslangan hamkorlikka intilishi zarur, deydi Stek.

Yana bir ekspert Pepin Bergsen fikricha esa Yevropa Ittifoqi Vashington va Pekin orasida o'ziga xos oltin oraliqni qidiradi, aks holda iqtsodiy zarari buyuk. Ammo muvozanatni ushlab turish ham qiyin, deya tan qoladi tahilchi, ayniqsa G'arb davlatlarining o'zaro manfaatlari tez-tez ustun qo'yilar ekan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG