Breaking News

AQShda koronavirusga chalinganlar soni yana o'syapti


Xalqaro hayot - 19-iyul, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:45 0:00

AQShda koronavirusga chalinish holatlari yana o’smoqda. Rasmiylarning aytishicha, kasallar sonining oshishi vaksina olish darajasi past bo’lgan hududlarda kuzatilmoqda.

Iyun o’rtalarida Kaliforniya shtatida pandemiya bilan bog’liq cheklovlar bekor qilingan edi. Hozirga kelib bir qator okruglarda, xususan, Los-Anjelesda yopiq binolar ichida barcha uchun niqob taqish yana majburiy qilinmoqda.

“Yana niqob taqishga qaytayotganimizdan xursand emasman, lekin bu insonlar hayotini saqlaydi. Men uchun shu narsa muhimroq”, - deydi Los-Anjeles okrugi rasmiysi Xilda Solis.

Virusning “Delta” turi hatto odamlar emlangan hududlarda ham paydo bo’ldi. San-Fransiskoda 12 yoshdan yuqori aholining 76 foizi emlangan; shunga qaramay, oxirgi haftalarda koronavirusga chalinganlar soni to’rt barobar oshgan.

Prezident Jo Bayden va boshqa rasmiylarning aytishicha, kasalxonaga yotqizilganlarning deyarli barchasi vaksina olmaganlar.

“Arkanzas, Nevada, Florida va Luiziana kabi shtatlarda emlanmagan odamlar orasida kasallanish holati oshganidan xavotirdaman. Yanada ko’proq odam vaksina olmaguncha bu pandemiyani jilovlay olmaymiz”, - dedi AQSh Bosh xirurgi Vivek Murti.

Ijtimoiy tarmoqlarda vaksinalarga oid assossiz xabarlarning ko’p tarqalayotgani odamlarni vaksina olishdan qaytarayotgan asosiy sabablardan biri ekani aytiladi. Bayden ma’muriyati ijtimoiy tarmoqlarni asossiz xabarlarga qarshi keskinroq kurashishga chaqirdi. Bunga javoban, “Facebook” o’z sahifalaridan koronavirusga oid 18 million yolg’on xabarni o’chirganini ma’lum qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG