Breaking News

Faollar Gavayi tabiatini asrab qolishga urinmoqda


Iqlim isishining Gavayiga ta'siri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:44 0:00

Iqlim o’zgarishi muammolari Gavayini ham chetlab o’tmayapti. Mahalliy aholi va faollar kelajakni asrab qolish uchun o’tmishdan saboq chiqarishga urinmoqda.

Okean sathining ko’tarilishi qirg’oqlarni yemirib, Gavayi sohillaridagi uylarga xavf solmoqda.

Tuproq yemirilishi oqibatida shtatning Oaxu oroli 2050-yilgacha sohillarining 40 foizini boy berishi mumkin. Natijada asosiy daromad manbai bo’lgan turizmga jiddiy shikast yetadi.

Iqlim isishi boshqa muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.

“Ba’zan yomg’ir ko’p yog’yapti, ba’zan kam. Gavayi qurib borayotganini ko’ryapmiz”, - deydi tadqiqotchi Viktoriya Kiner.

Orollar to’fon va suv toshqinlariga ko’p duchor bo’lmoqda. Boshqa salbiy oqibatlar ham bor.

“Yerosti ichimlik suvi, qishloq xo’jaligi va infratuzilma o’zgaryapti”, - deydi Kiner.

Gonolulu shahri suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlardan himoyalanish uchun sohillarni to’siqlab bilan o’rab olgan. Bir paytlar tog’lar, sohil va botqoqliklarni bir-biriga ulagan ekotizim uzilib qolgandek.

“Ahupua oldida turibmiz. Tog’dan suv qoyalarigacha bo’lgan resurslarni boshqaruvchi tizimni gavayiliklar ahupua deb ataydi”, - deydi ekspert Selest Konors.

Gavayi oziq-ovqatning aksariyatini chetdan keltiradi. An’anaviy dehqonchilik usullarini qayta yo’lga qo’yishga urinishlar bor.

Nik Reppun ko’p iste’mol qilinadigan mahsulotlarini yetishtirishga yordamlashuvchi nodavlat tashkilotda ishlaydi. Tabiatni asl holiga qaytarish, tog’ suvlarini qayta yig’ish, baliqchilikka mo’ljallangan hovuzlar barpo etish bo’yicha ham ishlar olib borilmoqda.

“Ilgari qilingan va ish bergan narsalarni qilishga urinyapmiz. Bu tizimlar bilan biz g’ildirakni qayta kashf etmayapmiz. Ularni qayta tiklayapmiz, xolos”, - deydi Reppun.

Gavayi tili va madaniyatini o’rgatuvchi Alapaki Lukning aytishicha, taro o’simligi tuproqni yemirilishdan asraydi va mahalliy aholi buni yaxshi bilgan.

“400-500 yil orqaga qaytish niyatimiz yo’q, lekin ike kabi mahalliy an’analarni zamonaviy davr uchun asos sifatida ishlatishimiz mumkin”, - deydi u.

Lukka ko’ra, bir paytlar yuz minglab odamlarni boqqan an’analar bugun ham odamzotga yangi saboqlar berishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG