Breaking News

Respublikachi qonunchilar: Tolibon oldin ham terrorchi edi, hozir ham


Respublikachi senator Lindzi Grem
Respublikachi senator Lindzi Grem

Respublikachi qonunchilar Mayk Voltz va Lindz Grem Afg'onistonda Tolibonga qarshi kurash lideri Ahmad Mas'ud bilan muloqot qilgan.

"Biz Ahmad Mas'udning Tolibondek zolim tuzumga qarshi turib, ortga chekinmayotgan guruhga boshchilik qilayotganini yuqori baholaymiz", - deydi kongressmen Voltz va senator Grem.

"Mas'ud yetakchilidagi kuchlar inson huquqlari uchun kurashmoqda. Muloqotimizdan ayonki, Tolibon Afg'onistonda keng quvvatlanmaydi va undan norozilar mamlakat bo'ylab talay".

Amerikaning bu qonunchilari nazarida Tolibonni al-Qoida a'zolari va boshqa terrorchilar yuritmoqda.

"Amerika Tolibonni tan olmasligi zarur. Xalqaro hamjamiyat ham shu yo'ldan borishi kerak, chunki ular terroristlardir, oldin ham shunday edi, bugun ham", - deydi Kongressning bu a'zolari.

"Bayden ma'muriyati Afg'onistonda Tolibon hukujmati tan olinishiga aslo rozi bo'lmasligi lozim. BMT doirasida ham bu kuch biror jihatdan e'tirof etilishiga yo'l qo'ymaslik kerak".

Oq uy bu masalada shoshmay harakat qilishini bildirmoqda. Bayden ma'muriyati Afg'oniston xalqiga BMT va boshqa tashkilotlar orqali 64 million dollarlik insonparvarlik yordami uzatishga qaror qilgan. Shu bilan birga Afg'oniston markaziy bankining 7 milliard dollarini muzlatib qo'ygan.

Vashington Tolibon boshqaruvidagi qator shaxslar terrorchilar ro'yxatida ekanini eslatmoqda, xususan Ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy. Tolibon tarkibi o'zgarnas ekan, deydi Amerika rasmiylari, cheklovlar amalda qoladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG