Breaking News

Tovushdan tez harakatlanuvchi samolyotlar parvozga qaytadi


Tovushdan tez harakatlanuvchi samolyotlarning yangi avlodi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:10 0:00

AQSh aviakompaniyasi Amerikaning yana bir firmasi bilan hamkorlikda tovushdan tez harakatlanuvchi samolyotlarni parvozga qo’ymoqchi. Ular avvalgi avlod samolyotlaridan ko’ra kamxarj va shovqini ham pastroq bo’ladi.

Tovushdan tez harakatlanuvchi “Konkord” samolyoti 1970-yillarda texnologiya mo’jizasi sifatida dunyoga kelgan edi.

Angliya-Fransiya hamkorligi mahsuli bo’lgan bu samolyot tovushdan ikki barobar tez uchib, Atlantika ustidan parvoz vaqtini teng yarmiga qisqartirgan.

Ammo operatsion xarajatlarning kattaligi hamda haddan ziyod shovqin ustidan shikoyatlar tufayli “Konkord”dan foydalanish 2003-yilda to’xtatildi.

“United” aviakompaniyasi 15 ta tovushdan tez harakatlanuvchi samolyot sotib olish bo’yicha Kolorado shtatidagi “Boom” aerokosmik kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi.

“Boom” samolyoti Atlantika ustidan parvoz vaqtini ellik foizga kamaytiradi, lekin “Konkord”ga qaraganda kamxarj va shovqini ham pastroq bo’ladi.

“Kompyuterdagi optimizatsiya usullaridan foydalangan holda yanada samarali aerodinamik shaklni yaratishimiz mumkin. Havo-reaktiv dvigateli qanday ishlashini butunlay yangidan qurib chiqdik. Gipertovush tezligidagi samolyot chiptalarini oddiy chiptalardan ham arzonroq qilmoqchimiz”, - deydi “Boom” kompaniyasi rahbari Bleyk Shol.

“Konkord” texnik talablarga javob bermaganidan emas, balki serchiqimligi bois muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bizning samolyot “Konkord”dan 75 foiz tejamkorroq bo’ladi”, - deydi “United” aviakompaniyasi vakili Maykl Leskinen.

Samolyot o’zini qayta tiklovchi energiya manbalaridan foydalanadi.

“Bu degani – samolyotdan havoga ortiqcha zaharli gaz chiqmaydi. Ya’ni, atmosferadagi gazlarni yig’ib olib, undan samolyot uchun yoqilg’i tayyorlaymiz va shuni yoqib, yana havoga qaytaramiz”, - deydi Shol.

Odamlarni texnik ajoyibotdan ko’ra vaqt tejash ko’proq qiziqtiradi.

“Osmonda nima bo’layotgani muhimmas, muhimi - odamlarning sayyoramizda, yer ustida bo’lishi”, - deydi Shol.

“Boom” 2030-yilgacha yangi samolyotlarni “United” aviakompaniyasiga yetkazib berishi kutilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG