Breaking News

AQSh Oliy sudi musulmonlarga oid ishni ko'rib chiqmoqda


AQSh Oliy sudi binosi
AQSh Oliy sudi binosi

AQSh Oliy sudi Kaliforniyadagi masjidlarda AQSh hukumatining musulmonlar ustidan josuslik qilganiga doir ishni ko’rib chiqmoqda.

Bu ish 10 yil oldin uch musulmon erkakning Federal qidiruv byurosi (FQB) ustidan qilgan shikoyati asosida ochilgan edi. Arizachilarning da’vo qilishicha, AQSh huquq-tartibot idorasi ularning diniy faoliyati ustidan josuslik qilish uchun musulmonlar orasiga o’z odamini qo’ygan.

AQSh Konstitutsiyasi har bir insonga o’z diniga e’tiqod va amal qilish erkinligini kafolatlaydi.

Hukumatning bu shikoyatga qarshi da’vosi shuki, Federal qidiruv byurosi Tashqi razvedka nazorati qonuni asosida ish tutgan va davlat sirlarini himoya qilish maqsadida olib borilgan bu kuzatuv ishlari haqida ma’lumotlarni ochiqlash majburiyatiga ega emas.

Da’vogar uch musulmon – Yosir Fazaga, Ali Malik hamda Yosir Abdulrahim esa hukumatning bu josuslik faoliyati ularning diniy erkinlik huquqini buzganini aytmoqda.

Musulmonlar ustidan josuslik ishiga qarshi o'tkazilgan namoyish, Filadelfiya, Pensilvaniya, 2015-yil, 13-yanvar.
Musulmonlar ustidan josuslik ishiga qarshi o'tkazilgan namoyish, Filadelfiya, Pensilvaniya, 2015-yil, 13-yanvar.

Amerika Fuqarolik erkinliklari ittifoqi yetakchi huquqshunosi Petrik Tumiga ko’ra, bu sud ishi davlat sirlarini himoya qilish maqsadida hukumatning yana boshqa noqonuniy xatti-harakatlarni yashirish yo’lidagi urinishlarini fosh qilish uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Kaliforniyadagi musulmonlarning aytishicha, musulmon qiyofasidagi FQB agenti ularga “zo’ravon jihod” haqida gapirishni boshlashi bilan u haqda FQBning o’ziga xabar berishgan.

“Barchamizni himoya qilish uchun mas’ul hukumat va federal agentlik musulmonlarga ikkinchi darajali fuqarolar sifatida munosabat ko’rsatishda davom etganiga doir ko’proq ma’lumot berilishidan umidvormiz”, - dedi Los-Anjeles atrofidagi musulmonlar yetakchisi Hussam Aylush.

“Bu ishning natijasi nafaqat musulmonlarga, balki har bir amerikalikka ta’sir qiladi, - deya qo’shimcha qildi Aylush. – Qanday ibodat qilishingizga qarab hukumat sizning ustingizdan josuslik qilishi mumkinmi?”

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG