Breaking News

Gollivudda haqiqiy o'q-doridan foydalanishga qarshilik kuchaymoqda


Gollivudda qurol muammosi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:48 0:00

Nyu-Meksiko shtatida Alek Bolduin rol ijro etayotgan “Zang” filmida kutilmagan baxtsiz hodisa ro’y berdi. Aktyor epizodlardan birida ichida haqiqiy o’q bo’lgan qurol bilan kinoijodkorlardan birini o’ldirib qo’ydi. Shundan so’ng AQSh bo’ylab kino sahnalarida haqiqiy o’q-dorilardan foydalanishni taqiqlashga oid chaqiriqlar kuchaydi. Filmlarda qurol-aslaha eksperti sifatida qatnashadigan Mayk Tristano bilan shu mavzuda suhbatlashdik.

Mayk Tristano mashhur qurol-aslaha ustasi. U Gollivud filmlarida qurollarning xavfsizligi uchun mas’ul mutaxassis sifatida 30 yildan ortiq ishlagan.

Bu Kolt revolveri. Oktabrda “Zang” filmini suratga olish jarayonida kinematograf Galina Gatchinsning o’limiga sabab bo’lgan baxtsiz hodisa shunday qurol yordamida yuz berdi.

Tristanoning aytishicha, haqiqiy o’q ijro sahnasigacha yetib bormasligi kerak edi.

“Qanday qilib bu qurol tekshirilmagan bo’lishi mumkin? Qurollar mashinadan tushirilishidan oldin bir necha marta tekshiriladi. Sahnaga yaqinlashganda yana tekshiramiz. Buni bir nechta odam amalga oshiradi. Shou paytida kamida ikkita odam bo’lishi kerak”, - deydi Tristano.

Bunday tashqari, deydi ekspert, qurollar hech qachon qarovsiz qolmasligi kerak. “Zang” filmida xuddi shunday bo’lgan.

Bu hodisa filmlarda haqiqiy o’q-doridan foydalaishni taqiqlashga doir chaqiriqlarni kuchaytirdi. Nyu-yorklik rejissor Bandar Albulivi bu haqda hatto onlayn petitsiya boshladi. Unga yuz mingdan ortiq odam qo’shildi.

“Bu narsa tugashi kerak. Qurollar, otishma sahnalari bor filmlar qilishingiz mumkin. Faqat unda haqiqiy qurol va o’q-dori ishlatmaysiz”, - deydi u.

Yana bir rejissor va prodyuser Rassel Dankenning aytishicha, qurol ishtirok etadigan sahnalarni suratga olish oson emas.

Shunga qaramay, u bunday sahnalarda haqiqiy o’q-doridan foydalanmaydi.

“Ko’plab filmlar singari bo’sh patron ishlataman. Plastik qurol, soxta qurol, qanday bo’lishidan qat’i nazar, hammasini o’xshatsa bo’ladi. Aktyor o’zini o’q otayotgandek tutsa bas, qolganini effektlar va ovoz qo’shib yaratamiz va haqiqiy otishmaga o’xshaydi”, - deydi rejissor.

Ammo, deydi Tristano, kompyuterda yasalgan otishma film sifatiga salbiy ta’sir qiladi.

“Odamlar qanday fikrda, bilmayman. Lekin men unga qarasam, juda soxta, xunuk ko’rinadi. Chaqmoqlar xuddi kameradan chiqqandek, gilzalarning chiqishi ham noto’g’ri. Kim nima desa, desin, lekin kamerada porox tutunini aynan yarata olmaysiz. Juda yomon ko’rinadi”, - deydi u.

2016-yil chiqqan “AP” hisobotiga ko’ra, 1990-yildan beri Gollivud sahnalarida 40 dan ortiq o’lim yuz bergan, 150 dan oshiq odam yaralangan. Aksariyati qurol xavfsizligiga rioya qilinmaganidan.

Jenia Dulot, Behzod Muhammadiy, “Amerika Ovozi” uchun

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG