2020-2021-o‘quv yilida AQSh kollej va universitetlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni keskin kamaygan. Mutaxassislar buni “COVID-19” pandemiyasi bilan bog‘lamoqda.
AQShdagi 3000 ga yaqin oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazilgan soʻrov 2020-2021-oʻquv yilida xalqaro talabalar soni 15 foizga kamayganini koʻrsatgan.
Jami talabalar soni esa 45,6% ga kamaygan.
Bu 2015-2016-oʻquv yilidan beri birinchi marta oʻqishga qabul qilingan xalqaro talabalarning umumiy soni bir milliondan pastga, 914 095 nafarga tushganini anglatadi.
Xorijliklar AQSh oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 20 millionga yaqin talabaning 4,6 foizini tashkil qiladi.
Xitoy va Hindistondan kelgan talabalar AQSh kollejlari va universitetlariga kirishda ustunlik qilishda davom etmoqda. Birgalikda ular AQShdagi barcha xalqaro talabalarning yarmidan ko'pini tashkil etadi.
Xitoydan kelgan talabalar o'tgan yilga nisbatan 14,8 foizga kamayib, 317 299 nafarni yoki barcha xalqaro talabalarning 34,7 foizini tashkil etgan.
Hindistonlik talabalar o'tgan yilga nisbatan 13,2 foizga kamayib, 167,583 nafarni yoki barcha xalqaro talabalarning 18,3 foizini tashkil etmoqda.
Koronavirus pandemiyasi 2019-yil dekabr oyida Xitoyda boshlanib, so’ng butun dunyoga tarqalgan edi. Ko’plab xalqaro talabalar qishki taʼtilda oʻz mamlakatlariga qaytib, aksariyati 2020-yil yanvar oyida AQSh kampuslariga yana qaytgan edi. 2020-yil mart oyida esa AQSh kampuslari pandemiya tufayli yopilib, barcha talabalar uylariga yuborilgan.
Talabalar sonidagi kamayishga oid yangi hisobot Nyu-Yorkda joylashgan Xalqaro Taʼlim instituti (IIE) tomonidan olib borilgan va 15-noyabrda chiqarilgan.
Nyu-York universiteti AQShning barcha kollej va universitetlari orasida xalqaro talabalar uchun eng yaxshi tanlov sifatida topilgan. Nyu-York shtati 106 894 xalqaro talabani qabul qilib, Kaliforniyadan so’ng eng ko’p xalqaro talaba o’qiydigan ikkinchi shtat bo’lib qolmoqda. Kaliforniyada 132 758 xalqaro talaba o’qiydi. Janubiy Kaliforniya universiteti uchinchi o'rindan to'rtinchi o'ringa tushgan; Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti esa uchinchi o’ringa ko’tarilgan. Kaliforniya universitetining San-Diego, Los-Anjeles, Berkli, Irvin va Devisdagi kampuslari xalqaro talabalarni jalb qilish bo’yicha eng yaxshi 18 talikka kirgan.
Xalqaro Taʼlim instituti, shuningdek, 860 dan ortiq o’quv muassasalarida so’rov o’tkazib, 2021-yilgi o’quv yili uchun ham raqamlarni e’lon qildi.
“2021-yil kuzgi semestr uchun xalqaro talabalarni roʻyxatga olish natijalari AQSh oliy taʼlim muassasalarining “COVID-19” pandemiyasiga chidamli ekanini aks ettiradi”, - deyiladi hisobotda.
Oliy taʼlim muassasalari yangi xalqaro talabalar soni bu yil o’tgan yilga qaraganda 68 foizga oshgani haqida xabar bergan.
860 ta muassasaning 70 foizi yangi talabalar soni ko'payganini, 10 foizi avvalgi daraja saqlanib qolganini, 20 foizi esa kamayish kuzatilganini aytgan.
Kollej va universitetlarning 99 foizi bu yilgi ta’lim sinfxonalarda yoki ham sinfxonada, ham onlayn tarzda berilayotganini aytgan. Kamida 65 foizi xalqaro talabalar AQShda turib o’qiyotgani haqida xabar bergan.
77 foiz oliy o’quv yurti talabalarni jalb qilish uchun kamida avvalgi yil bilan teng xarajatlar qilgan.
Facebook Forum