Breaking News

AQSh favqulodda vaziyatlarga shay turibdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy

Rossiya-Ukraina ixtilofi kuchayar ekan, AQSh va uning Yevropadagi ittifoqchilari fravqulodda vaziyatlarga hozirklik ko’rmoqda. Ular nazdida, Rossiya agressiyasi keskin bahs-munozaralar bilan cheklanmasligi mumkin.

23-noyabr kuni qator AQSh rasmiylari Rossiyaning Ukraina bilan chegarasi bo’ylab qo’shinlarini joylashtirganini jiddiy e’tiroz bilan tilga oldi. Vaziyat qanday tus olishidan qat’i nazar, Vashington Kiyevni qo’llab-quvvatlash ahdida qat’iy ekanini ta’kidladi.

Sun'iy yo'ldosh orqali olingan suratda Ukrainaga yaqin huddudda Rossiya kuchlari aks etgan. 1-noyabr, 2021.
Sun'iy yo'ldosh orqali olingan suratda Ukrainaga yaqin huddudda Rossiya kuchlari aks etgan. 1-noyabr, 2021.

“AQSh Rossiyaning agressiv xatti-harakatlariga qarshi qator vositalardan foydalanishga tayyor ekanini namoyish etgan. Bu vositalardan kelajakda ham foydalanishdan aslo chekinmaymiz. Moskvani tanglikni yumshatishga chaqiramiz. 2020-yilning iyulida bo’lgani kabi sulhni tiklash muhim birinchi qadam bo’ladi”, - dedi “Amerika Ovozi” bilan suhbatda prezident ma’muriyati rasmiylaridan biri shaxsini oshkor qilmaslik sharti bilan.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays 23-noyabr kuni muxbirlar bilan suhbatlashar ekan, Vashington Yevropadagi ittifoqchilari bilan Rossiya-Ukraina munosabatlariga doir muhokamalarni davom ettirayotganini ta’kidlagan.

“Axborot va razvedka ma’lumotlari almashinuvi yo’lga qo’yilgan. Qator kutilmagan vaziyatlarga tayyormiz va tayyorgarlik ko’rayapmiz”, - dedi Prays.

Oq uy va Davlat departamenti izohlari AQSh qo’shma harbiy shtabi raisi general Mark Millining rossiyalik hamkasbi bilan telefon muloqoti ortidan bildirildi.

Pentagonning ma’lum qilishicha, ikki general xavfsizlik masalalari va nizolarning oldini olish bo’yicha muzokara o’tkazgan. Biroq batafsil ma’lumot bermagan. Shu mavzudagi muzokaralar ikki marta Ukraina va Rossiya rasmiylari o’rtasida ham o’tkazilgan.

Qrimda Rossiya tazyiqi kuchaymoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:32 0:00

Ukraina razvedka xizmati hisob-kitoblariga ko’ra, ayni damda mamlakat chegaralari bo’ylab Rossiya 90 ming askarini joylashtirgan.

AQSh rasmiylari aniq raqamlarni oshkor etmagan bo’lsa-da, Rossiya Ukraina bilan chegaraga katta qo’shin joylashtirganini bildirgan.

“Biz Vladimir Putin va Kreml nimani reja qilayotganini aniq bilmaymiz. Biroq o’tmishni yaxshi bilamiz. O’tmish esa xavotirli voqealarni yodga solmoqda”, - dedi Prays Rossiyaning 2014-yilda Qrimga bostirib kirganiga shama qilib.

Vashington Ukrainaga xavfsizlik sohasida 2014-yildan buyon jami 2,5 milliard dollarlik yordam ko’rsatgan. Shundan 400 million dollarlik ko’mak 2021-yilda yetkazilgan.

So’nggi yordam paketida Ukraina harbiy dengiz flotiga patrul qayiqlari va 80 ming kilogram o’q-dori jo’natilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG