Breaking News

JSST: Omikronning yangi turi oldingisidek kuchli


Shimoliy dengiz bo'yida, Daniya, 29-yanvar, 2022
Shimoliy dengiz bo'yida, Daniya, 29-yanvar, 2022

Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti koronavirusning omikron shtammi yangilangani va bu turi ham oldingisidek kuchli ekanini tasdiqladi.

Tashkilot yetakchi eksperti Boris Pavlin deydiki, COVID-19 shunday viruski, uning shtamlari ham o'zgarib boradi. Omikronning birinchisi BA.1 subvariant deb atalgan bo'lsa, bunisi BA.2 subvarianti.

"Kasalxonaga yotayotganlar soni oshgani yo'q", - deydi Pavlin.

Mutaxassisga ko'ra, vaksina hamon eng sarmarali choradir.

Omikronning yangi turi Daniyada 8500 dan oshiq xonadonda olib borilgan izlanishlarga asoslangan holda aniqlangan.

BA.2 subvariant Hindiston, Nepal, Filippin va Qatarda ham keng tarqalgan.

Daniyada yangi infeksiyaga qaramasdan pandemiya bilan bog'liq choralar bekor qilingan.

Mamlakat aholisining 60 foizidan oshig'i to'liq emlanib, busterni ham olib bo'lgani uchun hukumat koronavirusni o'ta yuqimli kasalliklar qatoridan chiqargan. Bunday qarorga kelishda rahbariyat sog'liqni saqlash tizimiga tayangan.

“Koronavirusdan butkul qutuldik deya olmaymiz", - deydi Bosh vazir Mette Frederiksen. "Kuz kelsa, yangi bir varianti chiqib qolishi mumkin".

Irlandiya va Gollandiya ham choralarni yumshatgan.

Bu orada "Pfizer" kompaniyasi AQSh hukumatidan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarni emlash uchun yaratgan vaksinasini ma'qullashni so'ramoqda.

Ruxsat olinsa, aholining bu qatlamini emlash kelasi oydan boshlanishi mumkin.

Hukumatning o'zi "Pfizer" va uning hamkori "BioNTech" kompaniyasini bu borada tezroq harakat qilishga undagan.

Amerika ahlining 19 millioni hali 5 ga kirmagan. So'rovlarda ota-onalar farzandlari emlanishiga tayyor ekanini aytgan.

"Pfizer" ga ko'ra, bolalar vaksinasi kattalarda beriladigan dozaning 10 dan biri bo'ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG