Breaking News

Xitoy AQShga qarshi Rossiya da'volarini qo'llab-quvvatlashini bildirdi


Rossiya-Xitoy hamkorligi AQSh uchun tahdidmi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:30 0:00

Oq uy Xitoy va Rossiya yetakchilari o’rtasida o’zaro strategik ittifoqchilik kelishuvi e’lon qilinganini norozilik bilan qarshi oldi.

Pekindagi qishki olimpiya o’yinlari geosiyosiy yangilik bilan boshlandi. Musobaqa start olishidan bir necha soat oldin Pekinda Xitoy rahbari Si Zinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uchrashib, ikki davlat o’rtasida strategik hamkorlikni kuchaytirish haqida e’lon qildi.

“Xitoy va Rossiya o’zlarining azaliy orzu-umidlari yo’lidan yurib, ikki tomonlama hamkorlikda barqaror siljishni ta’minlab kelmoqda”, - dedi Xitoy yetakchisi.

“Har ikki mamlakatimiz orasida aloqalar do’stlik va strategik hamkorlik ruhida borgan sari o’sib bormoqda”, - deya qo’shimcha qildi Vladimir Putin.

Tomonlar AQShning zararli global ta’sirini kamaytirish uchun muvozanat zarurligini ta’kidladi.

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki uchrashuv ahamiyatini pasaytirishga urindi.

“Hamkorlarimiz bilan aloqalar, o’z qadriyatlarimiz muhofazasi ustida to’liq nazoratga egamiz va biz kelisha olmaydigan mamlakatlar bilan ham ishlash yo’llarini qidiryapmiz”, - dedi Psaki.

Xitoy NATOning kengayishini to’xtatishga oid Rossiya chaqirig’iga qo’shildi. Ukraina chegarasida qo’shin to’plashining asl sababini Moskva NATOga qarshi o’zini mudofaa qilish maqsadi bilan izohlaydi.

Kreml o’z navbatida Tayvan Xitoyning ajralmas qismi ekanini qo’llashini bildirdi.

Tahlilchilar fikricha, Rossiya-Xitoy ittifoqi Ukraina va Tayvanga nisbatan bu ikki mamlakat agressiv siyosat olib borayotgani haqidagi Vashington da’vosiga qarshi turish maqsadida tuzilgan.

“Ular o’zlarini turli yo’llar bilan revizionist va agressiv AQShga qarshi turganliklarini ko’rsatmoqda. Bu ajablanarli holat. Chunki o’tmishda Xitoy Rossiya bilan hamkorlikda ishlayotganini ko’rsatishdan o’zini tiyib kelgan. Ular birga harakat qilayotganliklarini ma’lum qilib qo’yish uchun tashlangan qadam bu”, - deydi ekspert Steysi Godard.

Xalqaro hayot - 4-fevral-2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:22 0:00

Moskva va Pekin Avstraliya, Britaniya va AQSh o’rtasida tuzilgan harbiy hamkorlikka ham e’tiroz bildirdi. Ularga ko’ra, bunday ittifoq mintaqada qurol poygasining kuchayishiga turtki beradi.

Bu orada Rossiya qo’shni Belarus bilan harbiy mashg’ulotlar o’tkazgan. Kuzatuvchilar fikricha, bu mashqlar Ukrainani qo’rqitishga qaratilgan.

NATOga nisbatan qo’llab-quvvatlovini ko’rsatish maqsadida Prezident Bayden Polsha va Germaniyaga 2000 askar jo’natilishini e’lon qildi. Shuningdek, Germaniyadagi askarlarning mingtasi Ruminiyaga ko’chiriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG