Breaking News

Guterrish Rossiya va Ukrainani faqat diplomatik yo'ldan borishga undamoqda


BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish Rossiya Ukrainaga bostirib kirish arafasida degan xabarlar uni bag'oyat xavotirga solayotganini aytib, jahon liderlarini diplomatik choralar ko'rishga undamoqda.

"Biz qurolli mojaroga yo'l qo'ymasligimiz zarur", - dedi Guterrish 14-fevral kuni Xavfsizlik kengashidagi elchilar bilan tushlik qilar ekan.

Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy deydiki, 16-fevral kuni Kreml urush boshlaydi, degan ma'lumotlar unda ham bor.

Rossiya esa G'arb, xususan NATO a'zolari bilan muloqotda ekanini, Ukraina yuzasidan ziddiyatga yechim qidirayotganini bildirmoqda.

AQSh Mudofaa vazirligiga ko'ra esa Moskva istagan daqiqada qo'shni davlatga bostirib kirishga shay va chegaradagi qo'shinlarini ko'paytirgan.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish, Nyu-York
BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish, Nyu-York

"Har qanday kelishmovchilik va taranglikka barham berish uchun harakat qilishimiz shart. Boshqa ehtimollar haqida o'ylamang. Jamoatchilikka aytilayotgan gaplarda mojaroga olov bermay, tinchlik va barqarorlikka undashimiz kerak", - deydi Guterrish.

BMT Bosh kotibi Rossiya va Ukraina elchilari bilan alohida gaplashib, vaziyatdan ko'zini uzmayotganini, urush bo'lmasligi uchun jahon tashkiloti qo'lidan kelgan barcha ishni qilishini aytgan.

Guterrish deydiki, BMT xartiyasi har bir a'zodan boshqa bir davlatga nisbatan kuch ishlatishdan chekinishni, mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga raxna solmaslikni talab qiladi.

"Diplomatiyani chetga surib, konfrontatsiya yo'lini tanlash jar yoqasiga yetaklaydi, jahon tinchligini buzadi", - deydi BMT Bosh kotibi.

Tashkilot Ukrainada 1600 nafardan ortiq xodimga ega va ularni evakuatsiya qilmoqchi emas. Bu xizmatchilarning 220 nafari xorijlik, qolgani esa mahalliy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG