Breaking News

Pullarni to’liq qaytarmasa, Tolibon AQSh bo’yicha pozitsiyasini o’zgartiradi


Tolibonning tashqi siyosati bo'yicha rasmiylari Kobuldan Osloga muzokaraga yo'l olmoqda, 22-yanvar, 2022
Tolibonning tashqi siyosati bo'yicha rasmiylari Kobuldan Osloga muzokaraga yo'l olmoqda, 22-yanvar, 2022

Tolibon agar Jo Bayden ma’muriyati Afg’oniston Markaziy bankining AQSh muzlatgan 7 milliard dollarlik aktivlarini to’liq qaytarmasa, Vashingtonga nisabatan o’z pozitsiyasini qayta ko’rib chiqishini ma’lum qildi.

Prezident Bayden 11-fevral kuni muzlatilgan 3,5 milliard dollarni Afg’onistonga gumanitar yordam ko’rsatadigan fondga o’tkazishga doir farmonni imzoladi.

AQSh sudlari 11-sentabr terakti qurbonlari oilalarining moliyaviy kompensatsiya da’vosini ko’rib chiqar ekan, qolgan 3,5 milliard dollarni yetkazilgan zararni qoplashga sarflashni rejalagan.

Tolibon so’zlovchisi 14-fevral kuni bayonot berib, 11-sentabr fojialariga Tolibonning hech qanday aloqasi yo’q ekaniga urg’u berdi. Agar Vashington o’z pozitsiyasidan voz kechmasa, Islom amirligi AQSh bo’yicha siyosatini qayta ko’rib chiqishga majbur bo’ladi, deyiladi bayonotda.

Siyosiy doiralarda 2001-yilda mamlakatni boshqargan Tolibon terakt boshchisi Usama bin Ladenni AQShga topshirmagani bot-bot yodga olinmoqda.

Tolibon “Al-Qoida” liderini himoya qilib, Afg’oniston hududidagi faoliyatiga imkon yaratgan. Teraktdan bir necha hafta o’tib, AQSh boshchiligidagi koalitsiya Tolibonni hokimiyatdan ag’dargan edi.

AQSh kuchlari oradan 20 yil o’tib, 2021-yilning avgustida Afg’onistonni tark etdi. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar Afg’oniston ayni damda dunyoning eng kuchli gumanitar inqiroz kuzatilayotgan nuqtalardan biriga aylanganini e’lon qilgan.

Mamlakat aholisining yarmidan ziyodi, aniqrog’i, 24 million odam Afg’onistonda oziq-ovqat taqchilligidan aziyat chekmoqda. BMT ma’lumotlariga ko’ra, joriy yil yakuniga qadar qariyb 1 million nafar besh yoshdan kichik afg’on bolalari ochlikdan o’lishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG