Breaking News

Ukraina urushi Turkiya-Rossiya ziddiyatini yanada kuchaytiradimi?


Ukraina urushiga Turkiyaning munosabati
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:53 0:00

Rossiyaning Ukrainadagi bosqini shiddatli tus olar ekan, Turkiyaning Rossiyaga nisbatan tanqidi ham kuchaymoqda. Bu esa, ba’zi ekspertlar fikricha, Anqaraning Ukraina va Rossiya o’rtasidagi vositachilik roliga putur yetkazadi.

Turkiya Rossiyaning Ukrainadagi amaliyotini urush deya e’lon qilishi ortidan 1936-yilgi Montryo xalqaro kelishuvi ishga tushib, Rossiya harbiy kemalarining bo’g’ozdan o’tishiga taqiq qo’yildi.

Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Anqaradan shuni iltimos qildi.

“Turkiya nazarida bu urush va Montryo kelishuvi unga amal qiladi. Prezidentimiz dunyoda tinchlik bo’lishini targ’ib etayotgan bir paytda biqinimiz yonida urush chiqib qoldi”, - deydi Turkiya prezidentining maslahatchisi Mesut Jashin.

Anqara joriy etgan yangi tartib, asosan, ramziy ma’noga ega. Rossiya harbiy kemalarining aksariyati Qora dengizga Ukraina bosqinidan oldin olib o’tilgan.

NATO a’zosi bo’lgan Turkiya boshqa Yevropa davlatlaridan farqli o’laroq, o’z havo hududini Rossiya samolyotlari uchun yopmadi.

Ammo, deydi kuzatuvchilar, Ukraina masalasida Anqara pozitsiyasi o’zgarib bormoqda.

“Turkiya harbiy va razvedka jihatidan allaqachon Ukraina urushiga tortilgan. Turkiya dronlari janglarda muhim vazifani bajarmoqda. Demak, Turkiya allaqachon qaysi tarafda bo’lish qarorini bergan”, - deydi siyosiy tahlilchi Sezin Oney.

Ukraina turk dronlari Rossiya kuchlarini nishonga olayotgani aks etgan bir qator videolarni tarqatdi. Moskva Turkiya yetkazib berayotgan bunday qurollardan jiddiy norozi.

Ayni paytda Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog’an Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan yaqin aloqa o’rnatgan.

Anqaraning Ukraina mojarosida vositachilik qilish taklifi Moskva tomonidan qabul qilingani yo’q.

Turkiyaning energiya ta’minoti bo’yicha Rossiyaga bog’liqligi hamda Suriyadagi hamkorlik Anqarani Moskva bilan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga undaydi.

Turkiya mudofaa vaziri: Rossiya majburiyatini bajarsin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:02 0:00

“Turkiya Rossiyani tanqid qiladi va Rossiyaning e’tiroziga qaramay, Ukraina hukumatini qo’llab-quvvatlashda va unga qurol sotishda davom etishi mumkin. Bir tomonni qo’llab-quvvatlash yoki qo’llamaslik hamda farqli muqobil yo’llarni tanlashning turli darajalari bor. Turkiya o’rtacha yo’l tutishga harakat qiladi”, - deydi tahlilchi Mustafo Oydin.

Agar Ukraina ixtilofi kuchayishda va Turkiya Kiyevning yonini olishda davom etsa, Erdog’anning Putin bilan iliq munosabatlariga ham darz ketishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG