Breaking News

Rossiyani tark etgan bizneslar ortga qaytadimi?


Rossiyani tark etgan bizneslar taqdiri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:18 0:00

Ko’plab xalqaro kompaniyalar Rossiya bozorini tark etmoqda. Ayni paytda ular ortda qolgan ishchilarini qo’llab-quvvatlashda davom etishlarini bildirgan.

Rossiyada so’nggi 30 yil ichida “Makdonalds” restoranidan tortib “Vogue” jurnaligacha bo’lgan turli G’arb bizneslari faol ish olib borayotgan edi.

Ammo Rossiya Ukrainani bosib olishi ortidan vaziyat o’zgardi. Yuzlab bizneslar Rossiyadagi ofislarini yopishi natijasida minglab xodimlar ishsiz qoldi. Maqsad Kremlni jazolash bo’lsa-da, bu choralardan oddiy aholi ham aziyat chekmoqda.

“Makdonalds”da 62 ming, “Starbaks”da 2000 ishchi bor edi. Ta’minot tizimidagilar bunga kirmaydi. Mahalliy pomidor, karam, non va boshqa sanoatlar ham “Makdonalds” uchun ishlardi. 30 yildan beri ishlab kelgan ular. Endi ularga nima bo’ladi? Ahvol yaxshi emas”, - deydi Michigan davlat universiteti professori Brus Bin.

“Makdonalds” daromadining to’rt foizi Rossiya hissasiga to’g’ri keladi. 14-mart kuni mamlakatdagi barcha 850 restoran vaqtincha yopilgani e’lon qilindi. Hozircha kompaniya Rossiyadagi minglab ishchilariga maosh to’lashda davom etishini aytmoqda.

“Starbucks”, “KFC” va “PepsiCo” kompaniyalari ham shunga qaror qilgan. Ammo urush to’xtamasa, bu qancha davom etadi?

“Makdonalds” ishlamayotgan 62 ming xodimiga qanchagacha maosh to’laydi? Ular uzoq vaqt buni qila oladimi?” deya so’raydi professor Bin.

Rossiyaning reklama bozori ham ulkan yo’qotishlarga uchradi.

“PepsiCo”, “Coca-Cola” va “Procter & Gamble” kabi kompaniyalar marketing uchun pul tikishni to’xtatdi.

Bu Rossiya media bozoriga qanchalik ta’sir qilishi hozircha noma’lum.

“Bu kompaniyalar reklama uchun katta xarajat qiladi. Lekin buning davlat matbuoti uchun ahamiyati bo’lmasa kerak, chunki ular davlat nazoratida. Mustaqil kanallar va manbalar esa yopilib boryapti”, - deydi Bryus Bin.

Bu orada Kreml mamlakatni tark etgan xalqaro kompaniyalar mol-mulki musodara qilinishi mumkinligini e’lon qildi.

Rossiyaning Ukrainadagi urushi. 25-kun tafsilotlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:29 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG