Rossiya armiyasi asosiy kuchini Donbassga tashlab, bu hududda o’ta og’ir janglar kutilmoqda. Ukraina hukumati aholini bu hududlarni tark etishga chaqirmoqda. Hozirgacha qariyb 4 million fuqaro mamlakatni tark etgan. 10 milliondan oshig’i esa mamlakat ichkarisida qochqinga aylangan.