Istanbulning ikki ko’hna masjidni o’z ichiga olgan Sulton Ahmad maydonida manzara o’zgacha. Maysazorlar va o’tirg’ichlar iftorlik qilish uchun oilaviy chiqqan shaharliklar bilan to’la. Hamma topganini o’rtaga qo’yib, quyosh botishini intizorlik bilan kutmoqda.