Rossiya ishg’olidan ozod etilgan hududlarda minalardan, portlovchi jismlardan tozalash ishlari olib borilmoqda. Ukraina Mudofaa vazirligiga ko’ra, mamlakatning 300 ming kvadrat kilometrga teng hududida tekshiruv ishlari o’tkazilishi lozim. Ayni paytda bu hududlarning hammasida ham tekshiruv o’tkazish imkonsiz. Tozalash ishlari asosan Rossiya qo’shinlari tashlab chiqqan Kiyev, Chernigov viloyatlarida o’tkazilyapti. Bahor kelib, qishloq xo‘jaligi mavsumining boshlanishi bu jarayonni tezlashtirishni talab etmoqda.
Ukraina: Minalardan tozalash ishlari
Kiyev viloyatining qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan Brovari tumanida ekin yerlarini mina va boshqa xavfli jismlardan tozalash ishlari olib borilmoqda. 21-aprel, 2022.
Facebook Forum