Breaking News

Sanksiyalar Rossiya neft sanoatiga qanday ta'sir qilyapti?


Xalqaro hayot - 2022-yil, 19-may
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:44 0:00

Sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotining katta qismini qamrab olganiga qaramay, naqd pul hali ham ulkan energetika sektori orqali mamlakatga oqib kelishda davom etmoqda. Bu Rossiya neft eksporti kutilganidan ko’ra ancha kichikroq miqyosda kamaygani natijasida yuz bermoqda.

"Ko'pchilik birinchi oyning o’zida neft ishlab chiqarish quvvati kuniga ikki-uch million barrelga kamayishini kutgan edi, shu jumladan Xalqaro energiya agentligi va ko'plab ekspertlar ham. Lekin bu sodir bo'lmadi. Kuniga bir million barrel atrofida kamaygandir. Yevropa Ittifoqi rasmiylari endi nima bo’ladi; qanday qilib biz Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirishimiz mumkin, degan savollarni beryapti”, - deydi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi eksperti Ben Keyxil.

G'arb sanksiyalariga nisbatan Moskva ham javob choralarini ko’rmoqda va bu Yevropada muqobil energiya manbalarini kengaytirishga bo'lgan chaqiriqlarni yanada tezlashtirdi.

Fransiyada fermerlar ekinlar va qishloq xo'jaligi chiqindilarini aralashtirib, yaqin atrofdagi yuzlab yoki minglab uylarni elektr quvvati bilan ta’minlovchi bioyoqilg'i ishlab chiqarmoqda.

Portugaliyada to'rtta futbol maydoniga teng 12 mingta quyosh panellaridan iborat suzuvchi stansiya bu mamlakatning qazib olinadigan yoqilg'idan voz kechishga qaratilgan so'nggi harakatlaridan biridir.

Germaniya vitse-kansleri yaqinda Rossiyani tabiiy yoqilg'idan "qurol" sifatida foydalanayotganlikda aybladi.

G’arb davlatlari sa’y-harakatlariga qaramay, neft narxi o'sishda davom etmoqda. Natijada kamroq neft sotsa ham, Rossiya ko’proq pul ishlab topmoqda.

“Bu biroz paradoks. Neftni kamaytirishga qanchalik urinishsa, Rossiya energiyasini import qiluvchi mamlakatlarga narx ta'siri shunchalik katta bo'ladi va bu Yevropa Ittifoqi siyosatchilari toqat qilishga majbur bo'lgan iqtisodiy og'riqdir. Siz dunyodagi eng yirik neft eksportchisini iqtisodiy ta'siri sezilmasdan bozordan olib chiqa olmaysiz va bu ta’sir global miqyosda seziladi", - deydi Keyxil.

Global ta'minot zanjiridagi uzilishlar hamda yuk mashinalari uchun dizel yoqilg'isi narxining keskin oshishi tufayli muhim kundalik ehtiyoj mollari narxi ham ko’tarilmoqda.

Lekin, deydi Keyxil, navbatdagi sanksiyalar paketidagi bir masala Rossiyaga zarar yetkazishi aniq.

“Agar siz yuk tashish sugʻurtasini toʻxtatsangiz, demak, tankerga ega har qanday kompaniya Rossiyadan tashiydigan yukini sug’urtalay olmaydi. Bu katta xavf. Tankerning cho’kish xavfi bor yoki qandaydir ekologik ofat yuz berishi mumkin. Sug’urtasiz ular ishlamaydi”, - deydi ekspert.

Keyxilning aytishicha, Yevropa energiya muammolari bilan yuzlashayotgan bir paytda, Rossiya Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarga neft sotishda davom etmoqda. Lekin bir barrel neft uchun bozor narxidan 30 dollar arzon chegirma taklif qilingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG