Breaking News

Islohotlarni oxiriga yetkazish vajidan Mirziyoyevga yana saylanish huquqi beriladi


Konstitutsiyaviy islohotlar Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik muddatini nollashtiradi. Islohotlar qabul qilingan taqdirda uchinchi muddatga nomzodini ko’rsatish yoki buni rad etish Mirziyoyevning vijdoniga havola masala sifatida qoladi.

Agar bosh qomusga o’zgartirishlar kiritishdan maqsad prezidentlik vakolati bilan bog'liq ekaniga ishonilsa, Islom Karimov qoldirgan vorislik an’anasi uzilishiga, mamlakatda demokratik tamoyillarga amal qiluvchi prezident paydo bo’lishiga umid ancha puchdek.

Otajonov: Prezident muddati nollashtirilishi xalq uchun ko’rgilik
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:52 0:00

Senat raisi o’rinbosari Sodiq Safoyevning “Kun.uz” nashriga bergan intervyusidan shunday xulosa qilish mumkin. Safoyevga ko’ra, konstitutsiyaviy islohotlar, yangi konstitutsiya qabul qilinishi Mirziyoyevning prezidentlik muddatini nollashtiradi.

Senat raisi o’rinbosari bu intervyuda Prezident Mirziyoyev boshlagan islohotlarini yakunlashga, prezidentlikni uchinchi muddat doirasida davom ettirishga undaydi.
Rasmiylar bungacha konstitutsiyaviy islohotlar prezident vakolatlariga tegishli bo’lishini rad etib kelishayotgan edi.

Konstitutsiyaviy islohotlar bo’yicha komissiya raisi Akmal Saidov ijtimoiy tarmoqlarda islohotlar prezidentning uchinchi muddatini ko’zlanayotganiga doir qarashlarni keskin tanqid ostiga olgan, bunday fikrdagi faollarni savodsizlikda ham ayblagan edi.

Shavkat Mirziyoyev ayni paytda ikkinchi muddatini o’tamoqda, navbatdagi prezidentlik saylovida u o’z nomzodini qo’yishga haqli emas. Ammo o’zgartirilayotgan qonunchilik Mirziyoyevga nafaqat uchinchi, balki to’rtinchi muddatni ham taqdim etadi.

Islohotlar Mirziyoyev muddatlarini nollashtirishi haqidagi xabar kutilganiga qaramasdan, jamoatchilikni, faollarni larzaga solgandek ko’rinadi.

Prezidentlik uchun kurashish maqsadida yurgan siyosiy faollardan biri, san’atkor Jahongir Otajonovning ta’kidlashicha, prezident muddati nollashtirilishi o’zbek xalq uchun uzoq yillarga cho’ziluvchi ko’rgilik.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG