Breaking News

Yevropa Ittifoqi Ukraina g'allasi uchun yo'llar ochilishidan umidvor


Ukraina g'allasi yuklanadigan temiryo'l terminali, Odessa, Ukraina, 2022-yil, 22-iyun
Ukraina g'allasi yuklanadigan temiryo'l terminali, Odessa, Ukraina, 2022-yil, 22-iyun

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Josep Borrel Ukraina g’allasini Odessa va boshqa joylardan to’siqsiz olib chiqish bo’yicha Rossiya bilan shu hafta kelishuvga erishilishiga umid bildirdi. Unga ko’ra, ko‘plab mamlakatlarda oziq-ovqat tanqisligi yuz berayotgan bir paytda o‘n minglab odamlarning hayoti shu kelishuv taqdiri bilan bog’liq.

Bryusselda jurnalistlar bilan suhbatda Borrelning aytishicha, Rossiya Ukraina donining eksport qilinishiga ruxsat berishi kerak; aks holda xalqaro hamjamiyat Rossiyani "inson hayotini o'ylamasdan oziq-ovqatdan qurol sifatida foydalanayotgan"likda ayblaydi.

"Bu diplomatik o'yin emas. Bu ko'p odamlar uchun hayot va mamot masalasi ", - dedi Borrel.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish o'tgan hafta Turkiya hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti vositachiligida Ukraina g'allasini eksport qilish bo'yicha Rossiya bilan “umumiy kelishuv”ga erishilgani haqida e’lon qilgan edi.

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Bryusselda yig‘ilib, Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlash, jumladan, harbiy yordamni oshirish, shuningdek, Rossiyaga qarshi joriy sanksiyalarning amalga oshirilishini kuchaytirish, Rossiyadan oltin sotib olishni taqiqlash masalalarini ko‘rib chiqmoqda.

Borrelning ta'kidlashicha, Rossiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qarshi gaz yetkazib berishni kamaytirish va hatto to’xtatish bilan tahdid qilmoqda, biroq Yevropa Ittifoqi yetakchilari "har qanday ehtimoliy vaziyat" uchun rejalarini tayyorlamoqda va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmaydi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, YI aʼzolari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni amalga oshirishda sabr va chidam ko’rsatishi kerak.

Borrelning aytishicha, Yevropa Ittifoqi vazirlari Ukrainadagi vaziyat haqida Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebadan ma'lumot oladi.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba “Tvitter”dagi sahifasida Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarini ko'proq harbiy yordam berishga, Rossiya energetikasiga embargo joriy etishga va Rossiya neft narxining o’sishiga chek qo'yishga chaqirdi. U, shuningdek, Yevropani Ukrainaga qarshi bosqinchilik jinoyatlarini jazolash uchun Rossiyaga qarshi tribunalni qo‘llab-quvvatlashga undadi.

“Mening asosiy gapim shu: Yevropada tinchlikni tiklash, xavfsizlikni mustahkamlash va barqarorlikni himoya qilishning uchta yo‘li bor – Ukrainaga qurol yetkazib berish, Rossiyaga qarshi sanksiyalar va Rossiyani javobgarlikka tortish”, - dedi Kuleba.

Bu orada Rossiyaning Ukrainaga nisbatan raketa zarbalari davom etmoqda. Dushanba kuni Slovyansk va Xarkov viloyatlarida bir qator hududlar o‘qqa tutilgani haqida xabar berildi.

Ukraina harbiylariga ko’ra, rus kuchlari Donetsk viloyatining Grigorovka shahri yaqinida hujumni kuchaytirishga urinmoqda.

Britaniya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Rossiya armiyasi o'zining frontdagi kuchlarini kuchaytirish va yo’qotishlar o’rnini qoplash uchun "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi xizmatidan foydalanmoqda.

"Vagner” deyarli so'nggi janglarda, jumladan, Popasna va Lisichanskni qo'lga kiritishda markaziy rol o'ynadi. Bu janglar guruhga katta talofatlar keltirdi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat xavfsizlik xizmati rahbari va bosh prokuror lavozimidan chetlatilganini e'lon qildi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, davlatga xiyonat va Rossiya bilan hamkorlik ishlarida xavfsizlik xizmati va bosh prokuraturaning yuzlab xodimlari ishtirok etganiga oid ma’lumotlar shunday qaror qabul qilishga sabab bo’lgan.

Vashington choyxonasi: urush, inflyatsiya va iqtisodiy inqiroz ehtimoli
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:45:01 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG