Muhammad Rayoniy 2014-yili Afg’oniston shimolida ro’y bergan portlash oqibatida og’ir jarohat olgan. Umurtqa pog’onasiga yetgan zarba bois oyoqlari harakatdan qolgan.
U ertalab otasining oq fotihasini olib, maxsus aravacha bilan do’koni tomon yo’l oladi. Kundalik mashg’uloti.
Do’konni ochish-yopish va savdo-sotiq ishlarida yordamga mo’htoj.
“Do’konga kelgan ba’zi odamlar biror narsa so’rasalar, o’tib oling deyman. O’tib olib chiqadilar. Qo’limga yaqin narsa bo’lsa o’zim olib beraman”,- deydi Muhammad.
Sakkiz yilldan beri imkoniyatlari cheklanib qolganiga qaramay u ham oila boqishga majbur.
“Nogironlar uchun oson ish yo’q. oyoq ishlamasa, qo’l ishlamasa, ko’z ham ko’rmasa, ular uchun qiyin”,- deydi Muhammad.
Portlashdan to’rt oy oldin uylangan edi. Dori-darmon uni oyoqqa turg’aza olmadi.
“Murodimga yetmadim, yengildim. Murodiga hech kim yeta olmaydi. Lekin mendek hech kim bo’lmasin. Orzularim ko’p edi”, - deydi Muhammad.
Oldingi hukumat nogironligi bor odamlarga oz bo’lsa-da, moliyaviy madad berar edi. Tolibon hokimiyatni egallaganidan beri ko’mak to’xtab qolgan.
“Ro’zg’orga yetkazaymi, shifokorga yetkazaymi, bilmayman. Ba’zida o’limimga rozi bo’laman”,- deydi u.
Afg’oniston inson huquqlari komissiyasining 2021-yilgi hisobotiga ko’ra, mamlakatda jismoniy imkoniyatlari cheklanganlar soni to’rt yarim million nafarga yaqin.
Facebook Forum