Breaking News

BMT Qochqinlar agentligiga mablag' yetishmayapti


Pokistondagi qochqinlar, 17-sentabr, 2022
Pokistondagi qochqinlar, 17-sentabr, 2022

BMT Qochqinlar agentligi mablag' yetishmayotganidan nolib, faoliyatini qisqartirishga majbur ekani haqida ogohlantirmoqda. Bu esa dunyodagi qator muammolarga qarshi kurashni susaytiradi.

Ukrainadagi urush sabab bu yili qochqinlar soni oshib, ayni damda jahon bo'ylab 100 milliondan ziyod odam vatanidan qochib, turli mamlakatlarga sig'ingan.

Afg'oniston, Pokiston, Kamerun va boshqa notinch va qashshoq yurtlarda ichki qochqinlar ham katta sonni tashkil etadi.

Qochqinlar agentligini zarur ishlarni qilishi uchun yiliga 11 milliard dollar zarur.

"Bu lavozimda hozirgidek og'ir vaziyatda qolmaganmiz. Tashkilotimiz moliyaviy jihatdan yordamga muhtoj", - deydi idora rahbari Filippo Grandi.

Grandi shu kunlarda bu vazifaga qayta tayinlandi. BMT hamjamiyatiga u mablag' kerakligi haqida alohida mablag' bilan ham chiqqan.

"Bizga hozirda kamida 700 million dollar lozim. Aks holda qator dasturlar yopiladi. Bu pul bizga yil oxirigacha qilinadigan ishlar uchun kerak".

Ukrainalik Tatyana Bogkova qizi Eva bilan Ispaniyada qochqin, 17-sentabr, 2022
Ukrainalik Tatyana Bogkova qizi Eva bilan Ispaniyada qochqin, 17-sentabr, 2022

Qo'shma Shtatlar - Qochqinlar agentligining eng yirik homiysi. Vashington joriy yilda unga 2 milliard dollardan oshiq mablag' uzatgan.

Agentlikning 12 dasturi hozirda 50 foiz moliyalangan. Zarur pul kelmasa, deydi Grandi, xususan Yaman va Efiopiyadagi faoliyat to'xtab qoladi.

"Beqaror mamlakatlarda bolalarning hayoti ayniqsa tahdid ostida — oziq-ovqat va dori-darmon ta'minoti, qiz bolalarni asrash, majburiy mehnatga qarshi kurash va boshqa vazifalar... Bularning hammasi uchun mablag' kerak", - deya bildiradi Qochqinlar agentligi.

Grandi deydiki, qahraton qish yaqin ekan, shimoliy yarimsharda 6,2 million odam qochqin, aksariyati Ukrainadan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG