Breaking News

O'zbekiston fuqarolardan Ukrainani tark etishni, u yerga bormaslikni so'ramoqda


Kiyev ko'chalari, 10-oktabr, 2022
Kiyev ko'chalari, 10-oktabr, 2022

Ukrainada urush boshlanganidan buyon qayd qilingan eng yirik raketa hujumlari ortidan O’zbekiston va Qozog’iston o’z fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirmoqda.

O’zbekistonning Kiyevdagi elchixonasiga ko’ra, frontdagi vaziyat keskinlashgani Ukraina bo’ylay raketa zarblari davom etishi ehtimolini kuchaytirmoqda. Shu bois vakolatxona O’zbekiston fuqarolarini Ukrainani tark etishga va bu mamlakatga kelmaslikka undamoqda.

10-oktabr kuni Ukraina bo’ylab raketa hujumilarda 20 ga yaqin odam o’ldi. Rossiya Ukrainaning infratuzilmasi, elektr ishlab chiqaruvchi inshootlari nishonga olgan.

Ammo nafaqat GESlar, balki odamlar gavjum bo’lgan obyektlar ham hujum ostida qolgan. Kiyevliklar metro va yerosti inshootlarida jon saqlashga majbur bo'lgan.

O'zbekiston fuqarolarni Ukrainadan uzoq turishga chaqirmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:13 0:00

Bu hamla ortidan qator davlatlar o’z elchixonasini Kiyevdan ko’chirishni rejalamoqda. Biroq AQShning Ukrainadagi elchixonasi bunday harakatda emasligini bildirgan.

Qozog’iston elchixona esa xodimlarini evakuatsiyaga hozirlamoqda.

Ukraina hukumatiga ko'ra, 10-oktabr kungi hujumlarda mamlakatda bo’ylab 100 dan ortiq inshoot shikastlangan. Tok eksporti to’xtab qolgan.

Ayni paytda mamlakatning qator shaharlari elektrsiz qolmoqda. Kiyev uni tejash rejimida.

Rossiya esa Ukraina nfratuzilamalariga aketa zarbalari berishda davom etmoqda.

Kiyev raketa zarbalari ostida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG