Breaking News

Liberal shtatlarda demokratlar g'olib, "birinchilar" talay


Ues Mur (chapdan) Merilend shtatining ilk qora tanli gubernatori. Prezident Jo Bayden va rafiqasi Jill Bayden uni quvvatlab chiqqan.
Ues Mur (chapdan) Merilend shtatining ilk qora tanli gubernatori. Prezident Jo Bayden va rafiqasi Jill Bayden uni quvvatlab chiqqan.

Qator shtatlarda sobiq prezident Donald Tramp quvvatlagan respublikachi nomzodlar demokratlarga boy bergan, jumladan gubernatorlikni va senatorlikni.

Liberal siyosati bilan tanilgan Massachusetts, Merilend, Illinoys singari shtatlar tarixda bir necha bor respublikachilarni rahbarlikka tanlagan. Mo'tadil konservatorlar bu safar ham yutishi mumkin degan taxmin kuchli edi.

Biroq bu yilgi respublikachi nomzodlar saylovchilar tomonidan o'ta konservativ deb hisoblangani ayon bo'ldi. Demokratlar salmoqli farq bilan yutgan.

Massachusetts shtatida ilk lezbian va ayol gubernator saylandi, Mora Hili.

Merilend shtatida esa ilk qora tanli gubernator saylandi, Ues Mur.

Har ikkisining targ'ibotida Prezident Jo Bayden katta hissa qo'shgan.

Kolorado shtatidan Senatga demokrat Maykl Bennet qayta saylangan. Raqibi, respublikachi Jo Odea mo'tadil qarashlari uchun ham Bennetni yutishi mumkin edi.

Oklahoma shtatida respublikachi Kevin Stitt gubernatorlikka qayta saylangan.

Kaliforniya shtatida demokrat Gevin Nyusom gubernatorlikka qayta saylangan.

Florida shtatida respublikachi Ron Desantis ham gubernatorlikda qoladi, shuningek, partiyadoshi senator Marko Rubio ham Kongressdagi o'rnini saqlab qolgan.

Arkanzas shtatida respublikachi, Oq uy sobiq matbuot kotibi Sara Hakabi Sanders gubernatorlikka saylangan.

Alabama shtatida respublikachi Keyti Britt ilk ayol senator bo'ladi.

Florida shtatida esa 26 yoshli demokrat Maksvell Frost kongressmen sifatida tanlangan.

Oklahoma shtatida respublikachi Markveyn Mullin o'tgan 100 yil ichida tub aholidan chiqqan ilk senator. Mullim Cheroki qabilasidan.

Saylovchilar ovozni bugungi iqtisodiy muammolardan va demokratik qadriyatlardan kelib chiqqan holda berganini aytmoqda.

Pensilvaniya, Florida, Arizona, Nevada, Viskonsin va Michiganda saylovchilar faolligi misli ko'rilmagan darajada kuzatilgan.

"OpenSecrets" mustaqil tadqiqot markaziga ko'ra, bu yilgi saylov uchun shtat va federal miqyosda 16,7 millard dollar sarflangan.

Illinoys shtatida gubernator J.B. Pritzker qayta saylangan. Raqibi o'ta konservativ qarashdagi mahalliy senator Darren Beyli Tramp safdoshlaridan.

Tramp 300 dan oshiq nomzodning orqasida turganini faxr bilan aytib kelayotgan edi. Ularning g'alabasi sobiq prezidentni yana Oq uyga yetaklashida yordam berishi mumkinligi ham keng muhokamada.

Senat va Vakillar palatasi kimning qo'liga o'tadi, natija ma'lum emas.

Saylov-2022: Kim yutdi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:07 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG