Breaking News

"Kichik Arabiston": Kaliforniyaning arablar gavjum shahriga sayohat


Kaliforniyaning "kichik Arabistoni"
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:39 0:00

Kaliforniyaning "kichik Arabistoni"

Kaliforniya – AQShda arablar eng ko’p yashaydigan shtat. Janubiy Kaliforniyaning “Kichik Arabiston” deb ataladigan hududida, ayniqsa, bu yaqqol ko’zga tashlanadi.

“Ismim Karim. Bu esa Karimning restorani. Uni ota-onam 1996-yilda ochishgan. Men tug’ilgan yilda va menga bag’ishlab”, - deydi Karim ismli kaliforniyalik.

Karim Havariyning ota-onasi Anaxeym shahrida birinchilardan bo’lib arablar restoranini ochgan. Taomlar rang-barang jamiyatning talab va takliflariga moslab tuzilgan.

“Har bir arab jamiyatining o’ziga xos ovqatlanish tartibi bor. Onam buyurtma olsa, qayerdansiz, Suriyadanmi, Livandanmi yoki Misrdanmi deb so’raydi va shunga qarab shevasini o’zgartiradi. Mijozlarga Misr yoki Suriya lahjasida gapirishi mumkin. Hozir u Suriya shevasida gaplashyapti”, - deydi Karim.

Olouddin Xurakining ota-onasi Altoyibat do’konini 1983-yilda ochgan.

Birinchi ochganimizda bunday joylar deyarli yo’q edi. Bolaligimda kam bo’lgan. Hozir restoranlar, do’konlar, kiyim do’konlari ko’p. “Kichik Saygon” yoki “Kichik Koreya” jamiyatlariga o’xshab. Bizni ham hozir “Kichik Arabiston” deb atashayotgani, ya’ni bizni alohida jamiyat deb e’tirof etishlari muhim”, - deydi Olouddin.

Anaxeym biznes egalari va arab jamiyati faollarining bir necha yillik harakati natijasida shunday maqomni qo’lga kiritdi.

Manal Saad e’tirof muhim ekanini ta’kidlaydi.

“Ro’mol o’raganim va ko’rinishim arabga o’xshagani uchun ko’pchilik endi men haqimda tasavvurga ega. Nafaqat dinim, balki madaniyatim haqida ham. Odamlar menga qaraganda nafaqat dinni, balki madaniyatni, kelib chiqishimni bilishlari men uchun muhim”, - deydi Manal.

Arab-Amerika instituti jamg’armasiga ko’ra, Kaliforniyada 400 mingga yaqin arab yashaydi. Jamiyat faoli Rashad al-Dabaga ko’ra, aslida bundan ham ko’p.

“Orenj okrugida 90 mingga yaqin, ammo aniq raqamlarni bilmaymiz. Chunki aholini ro’yxatga olishda arablarni “Oqlar” deb belgilashadi. Buni o’zgartirish kerak”, - deydi u.

Al-Dabaning aytishicha, agar raqamlar aniq bo’lsa, bu fuqarolik huquqlari buzilishiga qarshi kurash hamda ozchilik biznes egalari uchun imtiyozli kredit olish kabi masalalarda qo’l keladi.

Kongressga intilayotgan musulmon amerikaliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:45 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG