Breaking News

Xerson qrim-tatarlari: Rus bosqinchilari shafqatsiz munosabatda bo'ldi


Rossiya bosqini ostida yashagan qrim tatar oilaning boshdan kechirganlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:55 0:00

Ukrainaning Xerson viloyatida yashagan qrim-tatar Fatima Fuka “Amerika Ovozi”bilan suhbatda Rossiya ishg’oli ostida kechirgan hayoti, bosqindan qochish paytida oilasi duch kelgan tazyiq va qiynoqlar haqida so'zlab berdi.

“Tongda erim uyg’otdi va urush boshlandi dedi. Bizni (Xersonni) bir kunda ishg’ol qilishdi. Biz yashayotgan tuman markazi Genicheskiyni rus askarlari egallagan edi. Nimalar bo’layotganini anglash uchun bir haftalar kerak bo’ldi. Harbiy texnika edi hamma joyda, “Z” nima ekanligini biz hali bilmasdik, keyin yangiliklardan butin Ukraina urush ichida ekanligini tushundik”, - deya eslaydi Fotima Fuka.

“Shundan so’ng mahalliy aholi birlashib mitingga chiqdik, Rossiya bosqiniga qarshi o’tkazilgan bu mitinglarga chiqqanlar tazyiqqa olindi, borgan sari siyraklashib qoldi. Chunki kimnidir olib ketishgan, kimnidir hibs qilishar edi. Oxiriga kelib 25 chog’li kishi qoldi, vaziyat og’ir, go’yo nafas olish qiyinlashgan edi. Xersonni tark etishga qaror qildik”, - deydi u.

Ukraina mudofaasiga hissa qo'shayotgan xorijliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:54 0:00

“Blokpostdagi tekshiruvda maxsus xizmat bizga yopirildi. Erimni, o'g’limni yerga yotqizishdi, qo’llarini bog’lab, boshlariga qop kiydirib, olib ketishdi. Men uyga qaytishga majbur bo’ldim. Hovlimizda allaqachon tintuv bo’layotgan ekan. Qrim-tatar tilidagi barcha adabiyotlarni, arabchadagi Qur’onni ham olib ketishdi. Men ulardan erim, o’g’lim qayerdaligini so’radim. Ular eringni izlama, kommendaturaga jo’natdik, o’g’ling agar “Azov”da yoki No’man Chebilijixan batalyonida xizmat qilgan bo’lsa, biz uni otib tashlaymiz dedi. Men ularga o’g’lim hech qayerda xizmat qilmaganini, faqat o’qishda bo’lganini aytdim”, - deydi ayol.

“Tunda soat ikkilarda o’g’lim telefon qildi, Chongardaligini, kommendantlik soati tugashidan so’ng qaytishlarini aytdi. Uyga kelishgach, erimni sochi kesilganini ko’rdim. So’rasam, ulardan DNK namunalari olishgan. Yurist bilan maslahatlashdik, u bundan jinoiy maqsadda foydalanish mumkinligini aytdi, Xersonni tark etishni maslahat berdi. Biz bu safar aylanma yo’llar orqali ketishga qaror qildik. Urush ketayotgan hududlar orqali bo’lsa-da, Zaporojyega yetib oldik. Bizni Ukraina kutib oldi, joy berishdi, so’rashdi. Zaporojyeda qolish ham xavfli edi, biz Lutsk shahriga ketdik, u yerda ikki oy yashab, yana Kiyevga qaytdik”, - deya qo'shimcha qiladi u.

“Erim hamon o’ziga kelmadi, o’g’limni ham urishgan, qiynashgan, qo’llariga granata bog’lab qo’yishgan. Ularni Qrim ishg’ol qilingan, yoki harbiy amaliyot emas, urush degan so’zlari uchun kaltaklashgan. Erimni, o’g’limni ruhiy qiynashgan, qrim-tatarlarni, Majlis yetakchilarini haqoratlashgan. Qrim, Xerson Rossiya bo’lishini aytishgan”, - deydi Fatima Fuka.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG