Breaking News

Maxfiy hujjat mashmashasi bo'yicha Bayden ma'muriyatiga bosim oshmoqda


Bayden maxfiy hujjatlar bo'yicha tekshiruv ostida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:46 0:00

Prezident Jo Baydenning uyidan va unga qarashli tashkilot ofisidan maxfiy ma’lumotlar topilgach, Adliya vazirligi davlat rahbariga nisbatan tekshiruv boshladi.

Prezident Jo Baydenning uyida va unga qarashli tashkilot idorasida Obama ma’muriyati davriga oid maxfiy hujjatlar topilishi ortidan Oq uyning boshiga yangi tashvish tushdi.

“Bu huquqiy masala. Oq uy huquqshunosiga murojat qilishingizni so’rayman. Bu masalaga ortiq to’xtalmoqchi emasman”, - dedi Oq uy so’zlovchisi Karin Jan-Pier.

Adliya vazirligi tekshiruvi davom etar ekan, Oq uy shaffoflik to’la ta’minlanishini va’da bermoqda.

Ekspertlarga ko’ra, mamlakatda maxfiy hujjatlar bilan ishlash huquqiga ega millionlab rasmiy bor. Shunday ekan, bu kabi muammolar yuz berishda davom etadi.

“Faktlar o’zgarmasa, Prezident Baydenning huquqiy javobgarlikka tortilishi ehtimoli deyarli yo’q. Lekin prezidentning uyida shunday hujjatlar mavjudligini to’rt haftacha oldin bilishgani va bu haqda xabar berishmagani qo’pol xato”, - deydi Milliy xavfsizlik bo’yicha huquqshunos Mark Zaid.

Adliya vaziri Merrik Garland masalani tekshirish uchun Robert Hurni maxsus tergovchi qilib belgiladi. Sobiq prezident Donald Tramp ham maxfiy ma’lumotlarni noqonuniy saqlaganlik bo’yicha tekshiruv ostida. Federal Qidiruv byurosi avgust oyida Trampning Mara-Lagodagi uyidan o’nlab shunday hujjatlarni topgan. Sobiq prezident bu hujjatlarni qaytarishdan bosh tortgach, uning uyi order asosda tintuv qilingan edi.

Respublikachilar Bayden va demokratlarni ikki yuzlamachilikda ayblamoqda.

“U prezident Trampni tanqid qildi. Trampning uyini tintish uchun Adliya vazirligidan foydalandimi? Bunday qilish to’g’rimidi? Ular Prezident Bayden bilan ham shunday bo’lishini saylovdan avval bilishgan, lekin buni xalqdan sir saqlashdi”, - deydi Vakillar palatasi Spikeri Kevin Makkarti.

Yil sarhisobi: Baydenning xorijdagi reytingi qanday?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:21 0:00

Quyi palatada kichik miqdorda ustunlikka ega respublikachilar o’z mustaqil tekshiruvini o’tkazishga hozirlanmoqda. Bayden ma’muriyati esa xavfsizlikka oid sirlar noto’g’ri saqlangani haqidagi ayblovlarni rad etmoqda.

“Ittifoqdoshlarimiz va hamkorlarimiz bugun biz dunyoda yuzlashayotgan umumiy tahdidlar va muammolar haqida ko’proq qayg’urmoqda. Bu xoh Ukrainadagi Rossiya bosqini bo’lsin, xoh Hind-Tinch okeani mintaqasidagi Xitoy tajovuzi”, - dedi Milliy Xavfsizlik kengashi rasmiysi Jon Kirbi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG