Breaking News

Olimlar qora energiyani ulkan kamera orqali o'rganmoqchi


Dunyodagi eng katta kamera
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:04 0:00

Kaliforniyada kattaligi mashinadek keladigan kamera yasaldi. Uning maqsadi borliqdagi noma’lum hodisalarni suratga olish orqali aniqlash.

Kaliforniyadagi Milliy Akselerator laboratoriyasida muhandislar dunyodagi eng ulkan raqamli kamerani yasamoqda. LSST deb nomlanuvchi kamera janubiy Chilidagi Vera Rubin observatoriyasiga joylashtiriladi. U o’n yil davomida fazodagi jismlarni suratga oladi.

Tadqiqotchilar kosmosni uzoq muddat kuzatish orqali ilm-fanning ayrim jumboqlariga javob topmoqchi.

“Borliqning yoshi nechchida, u qanchalik tez kengaymoqda, nega o’zi kengaymoqda? Xullas, biz borliqning hanuz tilsim bo’lib qolayotgan 95 foiziga nazar tashlamoqchimiz”, - deydi Stenford universiteti tadqiqotchisi Teo Shat.

Olimlar fikricha, olamning 95 foizi qora energiya va qora materiyadan iborat. Ularni ko’rish imkonsiz.

Lekin qora energiyaning atrofdagi jismlarga ta’sirini uzoq muddat kuzatish orqali aniqlash mumkin.

“Shu tariqa olis galaktikalardan kelayotgan nur bizgacha turli materiyalarga uchrab, yo’nalishini o’zgartirganini o’rganishimiz mumkin”, - deydi Rubin observatoriyasi rahbari o’rinbosari Aron Rudman.

Kamera deyarli har oqshom osmonni suratga oladi. Xuddi o’tayotgan vaqtni aks ettiruvchi film kabi.

Har bir surat uch milliard pikseldan iborat bo’ladi. Bu o’rtacha telefon kamerasidan 300 barobar katta.

AQSh hukumati tomonidan moliyalangan bu loyiha suratlarni xalqaro tadqiqotchilar bilan ham baham ko’radi

“Ikki daqiqa ichida kamerada ko’ringan yulduzlar, galaktika va asteroidlarni ularning avvalgi holatlari bilan qiyoslaymiz va o’zgarishlarni qayd etamiz”, - deydi Rudman.

Olimlar shu yo’l bilan koinot sirlarini fosh qilishdan umidvor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG