Breaking News

Nyu-York: o'zbekistonliklar Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlarini xotirladi


Turkiya elchisi: Amerikadagi o'zbekistonliklardan minnatdormiz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00

Turkiya elchisi: Amerikadagi o'zbekistonliklardan minnatdormiz

Nyu-Yorkdagi o’zbekistonliklarning “Mahalla USA” tashkilotida Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlarini xotirlash, jabrlanganlarga ko’maklashishga bag’ishlangan “Xotirlash va hamjihatlik” kechasi o’tkazildi. Unda Turkiyaning AQShdagi elchisi ham ishtirok etdi.

“Amerikada istiqomat qiladigan 200 ming atrofidagi vatandoshlarimiz hozirda turk qardoshlar, birodarlarimiz bilan bu musibatli kunlarda birgamiz. Turk qardoshlarimizga sabr bersin. Bu bo’layotgan ishlar, bu bo’layotgan hodisalar o’ylaymanki, nafaqat turkiy millatlar, balki butun dunyodagi dini, millatidan qat’i nazar, har bir insonning yuragini og’ritdi. Shular qatorida Amerikadagi jamiyatlarimiz ham baholi qudrat yordamlarimizni qilamiz. Hamisha biz sizlar bilan birgamiz”, - dedi "Mahalla USA" tashkiloti rahbari Abdumalik Ahmedov.

Turkiya Qo’shma Shtatlardagi o’zbekistonliklar jamiyatlarining kuchli zilziladan jabr ko’rganlarga ko’rsatayotgan yordamidan mamnun.

Kaliforniyaliklar Turkiyaga yordam jo'natmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:38 0:00

Bu haqda mamlakatning AQShdagi elchisi Hasan Murat Merkan va Turkiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsuli Rayhon O’zgur o’zbekistonliklar tashkiloti “Mahalla USA”da gapirdi.

"Sizga qancha rahmat deb aytsam ham kam deb oylayman. Biz sizsiz, siz bizsiz yashayolmaymiz. Komunistik davrda susaygan aloqalarimizni endi iloji boricha mustahkamlashimiz kerak. Barchangizga rahmat, Alloh rozi bo'lsin. Bizlarni shu qiyin kunlarimizda tashlab ketmadingiz, yana bir bor rahmat sizlarga", - dedi Turkiyaning AQShdagi elchisi Hasan Murat Merkan.

Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlarini xotirlash, jabrlanganlarga ko’maklashishga bag’ishlangan “Xotirlash va hamjihatlik” uchrashuvi “Mahalla USA” idorasida o'tkazildi.

“Mamlakatimiz katta fojia oqibatlari bilan kurashmoqda. Amerikada yashaydigan o’zbek qardoshlarimiz bizlarni ana shunday kunlarda yolg’iz qoldirmaganlaridan mamnunmiz. Etiborlaringiz uchun sizlarga rahmat. O'zbek bilan turk o'rtasida farq yo'q. Birgamiz, bu yerda ham, Pensilvanya singari boshqa shtatlardagi o'zbeklar va ularga qarashli tashkilotlar ham bizga ko'maklashdi. Hozir shu yerda yig'ilgan yordamlar uchun, bizga ko'rsatgan etiboringiz uchun rahmat, minnatdormiz", - dedi Turkiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsuli Rayhon O’zgur.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG