Breaking News

Dron orqali mahsulot yetkazish xizmatlari ko'paymoqda


Dronlar pochta xizmati o'rnini egallaydimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00

Dronlardan muntazam ravishda urush, huquqni muhofaza qilish va qishloq xo'jaligida foydalaniladi. Endi AQSh kompaniyalari ularni oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ridan-to'g'ri mijozlar eshishiga yetkazib berishda ham ishlatmoqda.

Sharqiy Virjiniya chekkasida g'ayrioddiy manzara. Bau oilasiga oziq-ovqat mahsulotlarini dron orqali olmoqda. Bu har hafta kamida bir marta sodir bo'ladi.

“Egizak farzandlarimiz borligi uchun bu bizga juda qulay. Ularni mashinaga ortib, 30 daqiqalik yo'l bosib do’konga borishimiz shart emas. Mahsulotlarni olib kelish uchun hozir 15 daqiqa kifoya qiladi”, - deydi Chad Bau.

Bau Amerikaning eng yirik chakana savdo tarmoqlaridan biri bo'lgan “Walmart” mijozi. Bu kompaniya o'tgan yili xaridorlarga dron orqali 6000 dan ortiq xizmat ko’rsatdi.

“Dronlar ikki masalada afzal. Birinchisi - samaradorlik nuqtai nazaridan, ular juda tez. Bundan tashqari, ular kamxarj”, - deydi “Walmart” do’konlar tarmog’i rasmiysi Filip Uolles.

AQSh harbiy flotiga dron kemalar qo'shilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:00 0:00

Kompaniya buyurtmalarning asosiy qismini “DroneUp” xizmati orqali yetkazib beradi.

Mijoz onlayn buyurtma bergach, “DroneUp” buyurtmani do‘kondan olib, qutiga soladi va dronga ulab, odatda, 30 daqiqa ichida mijozga yetkazib beradi.

Dron orqali yetkazib berish xizmati, ayniqsa, qishloq joylarda yashovchi odamlar va yoshi katta yoki harakatida muammosi bo'lgan keksalar uchun qulay.

Xorijda dronlardan uzoq hududlarga tibbiy buyumlarni yetkazib berishda muntazam foydalaniladi. Ammo AQShda ulardan tijoriy maqsadlarida foydalanish hanuz eksperimental darajada. Har qanday yangi texnologiyada bo'lgani kabi, dronlar ham yomon ob-havo va odamlar shaxsiy daxlsizligiga tahdid kabi to’siqlar bilan yuzlashmoqda.

"Bizning dasturimiz dronlar uchib o'tishi istalmaydigan joylarni aniqlay oladi", - deydi “DroneUp” xizmati rahbari Entoni Vittoun.

Dron yerdan taxminan 25 metr balandlikda uchadi. Bu maxfiylikni ta’minlaydi va shovqin darajasini pasaytiradi.

Asosiy muammo, deydi ekspertlar, qoidalarni nazorat qiluvchi Federal aviatsiya ma'muriyati cheklovlarni kuchaytirib yuborgan.

"Ma’muriyat dron texnologiyasini rivojlantirish uchun ko'p ish qildi, lekin u bizga yeta olmayapti", - deydi Vittoun.

Federal aviatsiya ma'muriyatining ma’lum qilishicha, sentabrdan boshlab dronlar registratsiya raqamini havodan uzatish tizimiga o’tadi. Bu esa uchuvchisiz harakatni boshqarish yo‘lida katta qadam bo’ladi.

“Dron integratsiyasi katta mavzu. Biz dronlarni mavjud havo harakatini boshqarish tizimiga qanday integratsiya qilish masalasi haqida gaplashyapmiz. Buni adolatli hal qilish muhim masala”, - deydi mutaxassis Miriam Maknab.

Bu esa iste'molchilar uchun yaxshi yangilik.

"Menimcha, kelajakda uchuvchisiz aviatsiya hamma uchun foydali bo'ladi. Ko'proq kompaniyalar internetga kirishi bilan siz o'z mahsulotingizni uyingizga tezroq va xavfsizroq yetkazish imkoniga ega bo'lasiz", - deydi Chad Bau.

Bu nafaqat AQShda, balki butun dunyoda kuzatilayotgan jarayon.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG