Breaking News

Ukrainada Rossiyaga qarshi kurash cherkovlarga ham ko'chmoqda


Ukraina: din, siyosat va urush
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00

Kiyev muqaddam Moskva patriarxatiga qaragan Ukraina pravoslav cherkovini tarixiy majmuadan ko'chirmoqchi.

Bunga Ukraina pravoslavlari, ya'ni Moskva patriarxatini tan olgan ruhoniylar Rossiyani qo'llab kelayotgani sabab qilib ko'rsatilmoqda.

Moskva patriarxatiga bo'ysungan pravoslavlar cherkovi, aniqrog'i cherkov ruhoniylari rossiyaparatslikni targ'ib qilishda ham aybli ko'rilyapti.

Kiyev sudi Ukraina pravoslavlar cherkovi mitropoliti Pavelni ikki oylik uy qamog'iga hukm qildi.

U Rossiyaning Ukrainaga bosqinini oqlash harakati, shuningdek, diniy adovat qo'zg'atishda ayblandi.

Mitropolitning o'zi ham, uni qo'llab kelayotgan pravoslav dindorlar ham bu ayblovlarni to'qima, mahkamani esa siyosiy buyutrma deb hisoblashadi.

Mitropolit va uning himoyasiga chiqqan pravoslavlar bir haftadirki cherkovlar oldida ibodat qilishmoqda, majmua binosini xatlashgan kelgan hukumat vakillarining cherkovga kirishiga to'sqinlik qilishyapti.

Sud ajrimiga ko'ra, Ukraina pravoslav cherkovi bu majmuani bo'shatishi, binolarni Madaniyat vazirligi qabul qilib olishi kerak.

Ammo hozircha bu ajrim qarori amalga oshgani yo'q, qaror shikoyat qilinishi kutilmoqda.

Umuman, Ukrainadagi diniy qarashlar biroz murakkabroq, ukrainlarning 70 foizdan oshig'ini nasroniylar taskil etadi, ammo ular cherkovlarga ko'ra ikkiga bo'lingan.

Biri Moskva patriarxatini, diniy idorasini tan olsa, ikkinchisi G'arb davlatlari pravoslavlariga suyanadi.

Ular o'rtasidagi raqobat azaldan mavjud, ammo yaqindan bunga hukumat ham qo'shildi.

Rus pravoslav cherkovi ukrainaliklar haqida nima dedi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:51 0:00

Buning sababi, yuqorida aytilganidek, Moskva patriarxatini tan oluvchi pravoslav cherkovlarida siyosiy targ'ibotga yo'l qo'yilayotgani deb ko'riladi.

Ukraina xavfsizlik xizmati Ukraina pravoslav cherkovlarida tintuvlar o'tkazishi ortidan Rossiya bayroqlari, rus dunyosini targ'ib qiluvchi turli siyosiy qo'llanmalar topilganini namoyish qilishdi.

Buning ortidan ish sudda ko'rib chiqildi, Moskva patriarxatini tan olib kelgan Ukraina pravoslav cherkovini Pecherk lavrasidagi tarixiy cherkovlar majmuasidan ko'chrishga, majmuani Madaniyat vazirligi ixtiyoriga topshrishga qaror qilindi.

Albatta, diniy erkinliklarga doir bu qaror Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi, bir yildan oshiq davom etayotgan urushga bog'liq ekanligini inkor etish qiyin.

Hukumatning asosiy e'tirozi Ukraina pravoslav cherkovlarida Rossiya agressiyasi ochiq qoralanmagani, ayrim hollarda rossiyaparastlik targ'iboti davom ettirilganidir.

Moskva patriarxatiga bo'ysungan pravoslav cherkov vakillari esa bu ayblovlarni inkor qilib, e'tiqod erkinligi buzilayotganini da'vo qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG