Breaking News

Putin Ukrainaga borgan, Kiyev jim


Prezident Putin Xersonga borganini ko'rsatgan rasmiy kadrdan, 17-aprel, 2023
Prezident Putin Xersonga borganini ko'rsatgan rasmiy kadrdan, 17-aprel, 2023

Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukrainaning Xerson va Lugansk viloyatlarida bo'ldi. Safar urush davom etayotgan bu hududlarga qachon amalga oshgani noma'lum. Rossiya matbuoti kadrlarida Putining vertolyotdan tushayotgani, Xersonda kutib olingani, qo'mondonlarning hisobotini eshayotgani aks etgan. Putining Lugansk viloyatiga safari ham shu tariqa taqdim etilgan.

18-aprel kuni ertalab paydo bo'lgan bu ma'lumotni Kiyev rasman tasdiqlamagan, inkor ham etmagan.

Ammo Ukraina prezidenti idorasi rahbari Mixail Podolyak "Twitter"dagi sahifasidagi sharhini Putinning Ukrainani isg'ol qilingan hududlariga qilgan safariga munosabat sifatida tushinish mumkin.

Prezident Zelenskiy Donetskda, 18-aprel, 2023
Prezident Zelenskiy Donetskda, 18-aprel, 2023

"Putining degradasiyasi hayratda qoldirmoqda. Bir yil mudaqqam dunyoda uning bayonotini kutishar edi: u nima deydi, u nima qiladi? Bugun befarqlik. Bunday siyosiy subyetk endi yo'q. Faqat ommaviy qotilliklar va vayron qilingan shaharlar muallifining, o'z jinoyatlaridan baharamand bo'lishi uchun ishg'ol qilingan hududlar bo'ylab uyushtirayotgan "sayohati"gina bor", - deb yozadi Podolyak.
Prezident Volodimir Zelenskiy hozircha Putinning Ukrainaga safari yuzasidan lom-mim demagan.

18-aprel kuni Zelenskiy ayovsiz janglar borayotgan Avdveyevka shaharchasida bo'lib, shaharni mudofaa qilayotgan jangchilarni taqdirlagan. Ayni paytda Rossiya Ukrainaning Donesk va Lugansk viloyatini, qisman Zaporojye va Xerson viloyatini, Qrim muxtor respublikasini esa to'laligicha ishg'ol qilib turibdi.

Bu hududlarning bosib olinishini xalqaro hamjamiyat qoralagan. Qozog'iston va O'zbekiston ham dunyo mamlakatlari qatorida ayirmachi hisoblangan Donesk va Lugansk respublikalarini tan olmagan.

Rossiyaning eng yaqin ittifoqchisi hisoblangan Belarus rahbari Aleksandr Lukashekno Donesk respublikasi lideri Denis Pushilin bilan muzokaralar o'tkazgan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG