Breaking News

Turkiya-AQSh aloqalarini yaxshilash uchun nima qilish kerak?


Bosh qarorgohi Vashingtonda joylashgan Karnegi Xalqaro Tinchlik jamg’armasi tomonidan uyushtirilgan yig’inda Turkiyadagi saylovlardan keyin Vashington-Anqara munosabatlarining qanday yo’nalish olishi muhokama qilindi.

Jamg'armaning Amerika Davlat boshqaruvi dasturi direktori Kris Chivvis, Brukings instituti eksperti Asli Aydintashbash va AQShning Anqaradagi sobiq elchisi Jeyms Jeffri ishtirok etgan muloqotda Vashington siyosatidagi ehtimoliy o’zgarishlar tilga olindi.

AQShning Anqaradagi sobiq elchisi Jeyms Jeffriga ko’ra, Vashington Turkiya bilan munosabatlarga Xitoy va Rossiya bilan davom etayotgan global raqobat prizmasi orqali qaraydi.

“Turkiya kelajagini ko’p qutbli formatda ko’ryapti”

Brooking instituti mutaxassisi Asli Aydintashbash fikricha, Moskva va Vashington bilan munosabatlarida muvozanatni saqlagan Turkiya Ukraina g'allasini jahon bozoriga olib chiqishni ta'minlovchi Qora dengiz don yo'lagi tashabbusida ham, mahbuslar almashinuvida ham rol o'ynamoqda. Rossiya va AQSh o'rtasida va bu holat Turkiya bilan munosabatlar nuqtai nazaridan boshqacha modeldir. dedi u.

“Turkiya endi kelajagini ko’p qutbli formatda ko’radi. Men hozir Istanbuldaman va Turkiya avvalgidek o’zini transatlantik hamjamiyatga qaytishni istayotganini ko’rmayapman. Turkiya hali ham muhim davlat va muhim NATO davlati. Bu tizimli raqobat mintaqasi. Ammo Turkiya kabi davlatlar oʻzlariga taklif qilingan ikkita variantni rad etib, oʻzaro kelishuvlar qilish orqali oʻz yoʻllaridan yuryapti”, - dedi u.

“Birinchi ustuvor vazifa Suriya shimolida sulhni saqlab qolish”

Turkiya va AQSh o'rtasidagi ziddiyali mavzular AQShning Suriya shimolidagi kurdlarni qo'llab-quvvatlashi, Turkiya Rossiyadan sotib olgan “S-400” mudofaa tizimlari, Anqaraning “F-16” qiruvchi samolyotlarini sotib olish istagi hamda Anqara haligacha Shvetsiyaning NATOga kirish arizasini ratifikatsiya qilmagani kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Vashingtonda, jumladan, Turkiyada demokratiyaning pasayib borayotgani bilan bog'liq xavotirlar mavjud.

AQShning Anqaradagi sobiq elchisi Jeyms Jeffri fikricha, tomonlar uchun muhim masalalardan biri "Suriya shimoli-sharqida 2019-yilda erishilgan sulhni saqlab qolish”dir.

Prezident Erdog’an saylovning ikkinchi bosqichida g’alaba qozonsa, Vashington mintaqaga oid masalalarni Anqara bilan gaplashib olishi kerak, deydi Aydintashbash.

“Agar men Baydenning oʻrnida boʻlsam, Prezident Erdogʻanga aytgan boʻlardim: munosabatlarimiz bunday boʻlishini istamayman. Biz mintaqadagi muhim masalalarda hamkorlik qilmayapmiz. Keling, shu munosabatlardan boshlaylik. Chunki dunyo o‘zgarmoqda va biz yashayotgan davr tizimli raqobat asridir. Rossiya va Xitoy sizning uzoq muddatli do‘stlaringiz bo‘la olmaydi, deb aytgan bo’lardim”, - deydi ekspert.

Qilichdorog'li Rossiyani saylovga aralashishda ayblaydi

Agar saylovning ikkinchi bosqichida Millat ittifoqining prezidentlikka nomzodi, CHP yetakchisi Kamol Qilichdorog'li g'alaba qozonsa, Rossiya bilan munosabatlarda qanday o'zgarishlar yuz berishi ham muhokama qilinmoqda.

Aydintashbashning aytishicha, Qilichdorog'li saylov jarayonida “Twitter” sahifasida ham turkcha, ham ruscha post tarqatdi va Rossiyani saylovlarga aralashayotganlikda aybladi.

“Shubhasiz, Rossiya Prezident Erdog’anni afzal ko’radi. Tabiiy gaz to'lovlarini kechiktirish orqali unga yordam beryapti. Valyuta zaxiralari Rossiyaning energetika giganti Rosatomdan tushgan pul oqimi hisobiga oshirildi. Rosatom Turkiyaning birinchi yadroviy reaktorini ham qurmoqda”, - deydi turkiyalik mutaxassis.

Uning qo’shimcha qilishicha, muxolifat o’zining internet serverlariga uyushtirilgan kiber hujumlar ortida ruslar turganini da’vo qilmoqda.

"Munosabatlarning saqlanib qolishi ikkala tomondan harakatlarni talab qiladi"

Elchi Jeyms Jeffri Turkiya bilan Rossiya o'rtasidagi savdo hajmi 60 milliard dollar ekanligini qayd etib, bu AQSh bilan savdo hajmidan deyarli ikki barobar katta ekanini eslatadi.

Saylovda kim g'alaba qozonishidan qat'i nazar, Turkiyaning hozirgi iqtisodiy ahvolini hisobga olsak, Anqara va Moskva munosabatlaridagi bu holatning o’zgarishi kutilmayapti, deydi u.

Saylovdan keyingi davrda Anqara va Vashington o’rtasida funksional aloqalar saqlanib qolishi uchun har ikki tomon yetakchilari shu maqsadda harakat qilishi kerak.

"Ikkala poytaxtda ham munosabatlarni saqlab qolish uchun qo'lidan kelganini qilishga tayyor jamoalar bo'lishi kerak", - dedi sobiq elchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG